Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Zaxira qo‘lqoplari orasida Qur’on olib yurgan Rinat Dasayev haqida

Zaxira qo‘lqoplari orasida Qur’on olib yurgan Rinat Dasayev haqida

Baho:
+ | -

2000-yillar o‘rtalarida rossiyalik kasbdoshimiz Londonda Petr Chex bilan muloqotda bo‘lgan, samimiy suhbat unga o‘zgacha faxr baxsh etgandi. Chex: «Evro-88 turniridan keyin Plzendagi uyim devoriga Rinat Dasayevning portretini ilib qo‘yganman. U dunyodagi eng mohir darvozabonlardan biri edi. Qo‘shimchasiga, Rinat terma jamoaning sardori ham edi. Odatda, bu yuksak unvon kamdan-kam darvozabonga nasib etadi. Ota-onam hozir ham o‘sha xonadonda istiqomat qiladilar, men esa Dasayevning SSSR terma jamoasini himoya qilgan qizil... yo‘q, ko‘k rangli futbolkadagi o‘sha suratini unutgan emasman».

Hozir o‘z uyida qaysidir rossiyalik futbolchi suratini saqlayotgan va shu qiziqish sabab mashhur futbolchiga aylangan xorijlik bolakayni topish mumkinmi? Buni tasavvur qilishga, ochig‘i, fantaziyam zaiflik qiladi. Dasayev esa faqat Chexning «kumiri» emas, Sharqiy Yevropadan boshqa hududlarda ham uni daho sifatida hurmat qilgan buyuk afsonalar bor. Eron futbolining ramzi bo‘lmish Ali Daining uyidagi Dasayev portreti menda yanada kuchliroq taassurot qoldirdi. Afsonaviy hujumchi terma jamoada o‘rnatgan 109ta golli uzoq yillik rekordini faqat o‘tgan yili Krishtianu Ronaldu yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

1988 yilda FIFA tomonidan dunyoning eng mohir darvozaboni sifatida e’tirof etilgan Dasayevning hatto o‘tkazib yuborgan gollari ham buyuk. Yevro-88 finalida Marko van Basten tomonidan o‘tkir burchak ostida yo‘llangan to‘pning parvozi o‘ta hayratlanarli edi.

O‘sha tarixiy golda darvozabonning aybi borligi yoki yo‘qligi xususidagi bahs uzoq yillarga cho‘zildi. Biz suhbatlashgan paytda darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayotgan Rinatning fikricha, uning xatosi ham qisman sabab bo‘lgandi: «Van Basten men zarba yo‘llanishidan avvalroq sakraganimdan unumli foydalangandi. To‘p eng yuqori nuqtaga ko‘tarilgan pallada men pastlayotgandim. O‘sha xato men uchun saboq bo‘ldi, hozir shogirdlarimni zarbadan avval sakramaslikka o‘rgatmoqdaman».

Keyinchalik afsonaviy posbon va hujumchi yana raqib maqomida o‘zaro duch kelishlari mumkin edi. Georgiy Yarsev davrida terma jamoa darvozabonlar murabbiyi vazifasini ado etgan Dasayev boshqaruv Gus Xiddinkka o‘tganida ham ishlashga tayyor edi. Biroq Vitaliy Mutko barcha o‘smirlar terma jamoalarining darvozabonlarini ham taklif etgach, Rinat taklifni rad etdi.

Tez orada Xiddinkning Rossiya terma jamoasi Yevro-2008ning chorak finalida van Bastenning Gollandiyasini mahv etdi. O‘yindan keyin Marko rossiyaliklarni tabriklash uchun kiyinish xonasiga keldi. Voqealar rivoji sal o‘zgacha bo‘lganida, u tarixiy golini o‘tkazib yuborgan raqibi bilan uchrashgan bo‘lardi...


«Spartak»ka  tizzalaridagi jarohat bilan kelgandi

Tizzasidagi muammodan forig‘ bo‘lish uchun ikki marta jarrohlik amaliyotiga dosh bergan Igor Akinfeevni muxlislar haqli ravishda uzoq muddatli ishonchli faoliyat sohibi sifatida hurmat qilishadi. Ammo Dasayev 20 yoshda qadrdon «Volgar»dan «Spartak»ka ikkala tizzasini jarroh «engillatib» qo‘yganidan keyin kelgandi. Qolaversa, operasiya Germaniyada emas, SSSRda amalga oshirilgandi. Sababi, tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan pallada, Igor taniqli yulduz, Rinat esa hech kim emasdi.

1979 yildagi chempionlikdan yarim yil avval Rinat Kiyevning «Dinamo»siga qarshi barmog‘i singan qo‘li bilan maydonga tushgandi. O‘ta kuchli og‘riqni to‘xtatishning iloji topilmagan, u 1 qo‘li bilan o‘ynagan bo‘lsada, Kiyevdan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi. Rostovdagi so‘nggi turda Sergey Andreev bilan to‘qnashish oqibatida yana tizzasidan shikastlandi va o‘rnini Prudnikovga bo‘shatib berdi. Chempionlik davrasida qatnasha olmagan bo‘lsada, jamoaviy suratga tushishga imkon topa oldi.

Meksikadagi JCH-86 turniri arafasida Dasayev allergiya tufayli betob bo‘lib qoldi va mashg‘ulotlarda yuzlaridagi shish bilan qatnashishga majbur bo‘lgandi. Ertalab Lobanovskiy uni yoniga chorladi: «Gazetalarda sening bemorliging haqida yozishdi. Kel, vengriyaliklarga syurpriz qilamiz. Sen tarkibdasan».

O‘sha o‘yin terma jamoaning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Rinatning aytishicha, u qandaydir maxsus maktabda tahsil olgan emas, «o‘qimay uqqanlar» toifasidan. Boz ustiga, u davrda darvozabonlar murabbiyi lavozimi yo‘q edi. Qisqasi, Dasayev darvozabonlikni o‘z qiziqishi, boshqa kasbdoshlari o‘yinlarini kuzatish evaziga o‘rgandi.

«Volgar»da asosiy darvozabon mahalliy IIB rahbarining jiyani Yuriy Malkov bo‘lgani bois, bosh murabbiy Fyodor Novikovning navqiron Rinatga yon bosishlari unga yoqmasdi. Biroq Makov, darvoqe, samimiy yigit, faxriy yoshida edi. «Spartak» qiziqish bildirganida, Dasayev aynan Makov bilan maslahat so‘radi. Kasbdoshi unga bir vaqtlar Lobanovskiy «Dnepr»ga chorlagani, lekin o‘zi «issiq» joyini tark etishni istamagani, keyin imkoniyatni boy bergani uchun afsuslanib yurganini aytib bergandi. Bu ikkilanib turgan Rinatning poytaxtga yo‘l olishiga turtki bo‘ldi.


Dasayevning tarixi - imkoniyatlardan unumli foydalanish

78-yil mavsumida oliy ligaga qaytgan «qizil-oq ranglilar» chempionatni omadsiz boshlab, asosiy darvozabon Aleksandr Proxorov Kostantin Beskovdan qisqa tanaffus berishni so‘ragandi. Shu tariqa «Zarya» va «Lokomotiv»ga qarshi Rinat Dasayev maydonga tushdi. Natija - birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

O‘sha davrda jamoa ikki qarama-qarshi guruh - Proxorov va Yevgeniy Lovchevlar guruhiga ajrab qolgandi. Tabiiyki, bu bosh murabbiyga yoqmasdi. Yillar o‘tib, Dasayev bir voqeadan xabardor bo‘ldi. Tarasovkada xonalarni tozalab yurgan farrosh ayol Proxorov o‘z yaqinlarini to‘plab, 2ta o‘yinni «quruq» o‘tkazgan Dasayevni «egib» olishni buyurganini eshitib qolgandi. U Nikolay Starostinning haydovchisini, haydovchi klub rahbarini, rahbar esa bosh murabbiyni voqeadan xabardor qildi. Yakunda Beskov Proxorvni jamoadan chetlatdi, asosiy darvozabonga aylangan Rinat esa tez orada sardor o‘rinbosari bo‘ldi. Oleg Romansev faoliyatini yakunlagach, sardorlik bog‘ichi 29 yoshli darvozabonga o‘tdi. Dasayev guruhbozlikka chek qo‘yib, jamoadoshlarini hamjihatlikka da’vat etdi.

Tez orada Rinatning tashabbusi bilan jamoadoshlar uning uyida to‘planadigan, o‘tgan o‘yinlarni tahlil qilib, keyingisiga tayyorgarlik rejasini tuzadigan bo‘ldilar. Hamjihatlik o‘z-o‘zidan shakllanib, rivojlana boshladi.

Dasayevdan avvalroq Beskovga yordamchi bo‘lib kelgan Novikovga Rinat doimo mashg‘ulotdan keyin yana bir oz shug‘ullanishni taklif etardi. Keyinchalik ikkinchi darvozabon roliga taklif etilgan Stanislav Cherchesov esa uning mehnatsevarligi va ko‘p ishlashidan lol qolgandi. Tez orada navqiron osetin yigiti faqat tinimsiz izlanish va ter to‘kish evaziga dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish mumkinligini tushunib yetdi.

Rinat yosh futbolchilar bilan ishlashni ham o‘rniga qo‘yardi. U bilan hamxona bo‘lgan Aleksandr Mostovoyning ta’kidlashicha, biron-bir «ded»larga xos qiliqlarsiz Dasayev uni chinakam professional darajasiga olib chiqqandi.

Dasayevning o‘zi esa xorijlik yulduzlardan ko‘p jihatlarni o‘zlashtirar, o‘z vaqtida Lev Yashin Pele, Eysebio, Bekkenbauerlar bilan do‘stlashganidek, u Toni Shumaxer bilan doimiy aloqani o‘rnatgandi.

Shuningdek, Rinat Yashinning o‘zi bilan ham o‘ta iliq va samimiy munosabatda bo‘lgan. U dunyoning eng mohir darvozaboni JCH-82 starti arafasida yosh kasbdoshiga bergan o‘gitlarini Rinat hozir ham unutgan emas. Terma jamoaning turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokida Yashinning ko‘rsatmalari muhim rol o‘ynagani aniq.

Dasayev san’atkorlar bilan ham doimo do‘stona munosabatda bo‘lardi.


Qur’on va Pireney

Hech kim, hatto murabbiylar shtabi va jamoadoshlari ham Dasayev o‘zning ixcham sumkachasida nima olib yurishidan bexabar edilar. Rinat zaxira qo‘lqoplari orasida Qur’on olib yurardi, bayramlarda masjidga borardi. Bir kuni uni DXQ xodimlari ko‘rib qolishdi va shu qadar taniqli shaxsning bunaqa joylarda yurishi mumkin emasligini aytishdi. Keyinchalik u barcha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rgan holda qatnovni davom ettirdi, muammolarga duch kelmadi. Lekin o‘sha uchrashuv tufayli «Hurmat Belgisi» ordenini unga yarim yildan ke­yin topshirishdi.

«Seni Tretyakka aylantiraman!» Ha, Konstantin Beskov yoqimtoy shogirdiga shunday degandi. 1987 yilda Rinatni 2-o‘rinda e’tirof etishdi, bir yildan keyin dun­yoning eng yaxshi darvozaboni unvonini berishdi. Dastlabki mukofot taqdimoti omadsizlik bilan yakun topdi - o‘z maydonidagi g‘alabadan (4:1) keyin «Spartak» Bremenda «Verder»ga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kiyinish xonasida Rinat jamoadoshlaridan uzr so‘ray boshlaganida, Beskov uni to‘xtatdi: «Bunga hamma aybdor, faqat Rinatning o‘zi emas!»

1988 yilda Petrovskiy parkdagi Kiyev «Dinamo»siga qarshi bellashuv arafasida berilgan dunyoning eng yaxshi darvozaboni sovrini esa aksincha, muvaffaqiyat keltirdi: o‘ta muhim o‘yinni «Spartak» o‘z foydasiga hal qildi,1:0.

Darvoqe, aynan ana shu o‘ta og‘ir vaznli sovrin vaqti kelib Dasayevni qutqardi. U Ispaniyada to‘p surib yurganida, Moskvadagi xonadoni kirgan o‘g‘rilar barcha sovrinlaru medallarni, jumladan, Yevro-88ning kumush medallarini ham olib chiqib ketdilar. Lekin og‘irligi 50 kg. bo‘lgan sov­rinni olib keta olishmadi yoki buni istamadilar.

O‘tgan yil avgustida «Spartak» akademiyasida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Dasayev sovrini uchun o‘tkazilgan turnirning oxirgi kunida Sokolniki parkiga 94 yoshli Nikita Simonyan tashrif buyurdi va bolakaylar hamda ota-onalarning qarsaklari ostida Rinatga Yevro-88ning kumush medali nusxasini topshirdi. Boshqa bir «Spartak»chi - Vagiz Xidiyatullin o‘zining medalini nusxa olish uchun olib kelgan, Moskva zarbxonasida nusxa olingandi.

Manba: Sport-express.ru, 

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:15, 10.01.2023.
O'qildi: 3042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.