Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

FIFA 500 ming dollar zarar ko‘rgani, Lui van Galning noroziligi haqida. Alisher Nikimbayev bilan suhbat

FIFA 500 ming dollar zarar ko‘rgani, Lui van Galning noroziligi haqida. Alisher Nikimbayev bilan suhbat

Baho:
+ | -

Alisher Nikimbayev Jahon Chempionatida tashkilotchiligidagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

"Bizning asosiy vazifamiz stadionlar talablariga javob berish edi. Sizga bir misol keltiraman, e’tibor bergan bo‘lsangiz, 8 ta stadiondan bittasi, «Halifa» stadioni, yengil atletikaga mo‘ljallangan. Shu sababdan stadion maydoni atrofida juda katta joy mavjud. Zaxirada o‘tiradigan futbolchilar va murabbiylarning turadigan joyi maydondan sal uzoqroqda joylashib qolgandi.

Barcha stadionlarda bu masofa 8 metrdan uzoq bo‘lmagan. «Halifa»da esa bu masofa 17 metr edi. Biz muxlislar o‘tiradigan bitta qatorni olib tashlashga majbur bo‘ldik. Bitta qator chiptalari sotilmagan bo‘lsa, «Halifa»da 8 ta o‘yin o‘tkazildi, bu FIFAga yarim million zarar keltirgan. Bitta qatorni o‘zi shuncha zararga ishlagan.

Bu 17 metrga jamoalar bahslashmadi. Faqatgina Niderlandiya terma jamoasi norozilik bildirdi. 71 yoshli Lui van Galning kasalligi ham bor, uni tushunish kerak. Bu 17 metr unga uzoqlik qilgan. U uzoq vaqt tik oyoqda tura olmas ekan, shuning uchun sal yaqinroqqa suringlar, deya taklif bildirdi. Hattoki 1 metrga surmoqchi bo‘lsangiz ham, hamma kabellarni qaytadan ulash, barcha ishlar qaytadan qilinishi lozim. Bu 2-3 kun vaqtni olardi. Biz van Galga noiloj rad javobini berdik", — dedi Alisher Nikimbayev.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:30, 13.01.2023.
O'qildi: 3285 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик