Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Shkrinyar "PSJ"dan bonus talab qilmoqda

Shkrinyar "PSJ"dan bonus talab qilmoqda

Baho:
+ | -

"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar yozda "PSJ"ga o‘tish shartlarini e’lon qildi. Jurnalist Adriyen Greniyerning yozishicha, slovakiyalik futbolchi Fransiya jamoasidan 25 million yevro bonus va yiliga 9 million yevro atrofida maosh talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shkrinyar "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi. "Neradzurrilar" himoyachiga yiliga 6,5 ​​million yevro maosh taklif qilishdi, bu esa futbolchiga to‘g‘ri kelmadi.

27 yoshli Shkrinyar o‘tgan yozda "PSJ"ga o‘tishi mumkin edi, ammo "Inter" rahbariyati uning uchun 70 million yevro so‘ragan, bu esa parijliklarga yoqmagan.

Kiritildi: 19:31, 20.01.2023.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик