«Bavariya» hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting Bundesliganing 16-turi doirasida o‘tkazilgan «RB Leypsig»ga qarshi o‘yinda (1:1) jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
33 yoshli kamerunlik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 12-golini urdi. Bu esa uning faoliyatidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shupo-Moting 2020 yildan buyon myunxenliklar safida to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida «PSJ», «Stok Siti», «Shalke», «Mayns», «Gamburg» va «Nyurnberg» klublarida o‘ynagan.