Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bobur Abduxoliqov: «Niyatim katta jamoalarda o‘ynab, termamizga nafim tegsin deyman»

Bobur Abduxoliqov: «Niyatim katta jamoalarda o‘ynab, termamizga nafim tegsin deyman»

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli mustaqillik tufayli jahonga yuz tutdi. Milliy terma jamoamizning yil sayin shakllanib borayotgani olimpiyachilarimizdagi qat’iy ishonch, turli yoshdagi terma jamoalarimizdagi dadillik ana shundan dalolat. Bu esa iqtidorli futbolchilarimizni dunyoning turli burchaklaridagi klublarda faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratib berdi. «Nasaf» maxsus futbol maktabini tamomlagach, ilk debyutini ajdarlar jamoasida boshlagan iste’dodli hujumchi Bobur Abduxoliqovning Yevropa maydonlaridagi muvaffaqiyati ham alohida e’tiborga molik. Bejizga u 2022 yili jahon milliy chempionatlari yuqori divizionlarida eng ko‘p gol urgan 10 futbolchi safidan joy olmadi. Quyida ana shunday yuksak natija sobihib bilan uyushtirilgan suhatni e’tiboringizga havola etamiz.

- Bobur, futbolga ilk qadamlaringiz qachon va qanday sodir bo‘lgan?

- Qush uyasida ko‘rganini qiladi. Biz Qarshi shahrining biqinida joylashgan Koson tumanidagi Kamandi qishlog‘idanmiz. Padari buzrukvorim Alisher ota uzoq yillar fermer xo‘jaligini boshqargan. Hozir nafaqada. Opam Gulnavro‘z, akam Beknurlar xalq ta’limi xodimi. Yoshligimda ota-onam menga to‘p sovg‘a qilishgan. Quvonch bilan uni bag‘rimga bosar ekanman, «Bu kelajakda kasbga bo‘lgan da’vat»ligini anglab yetganman. Shu voqea bahona bo‘ldi-yu, bo‘sh payt topishim bilan koptok ortidan yugurib voyaga yetdim. 

Bundan tashqri futbolga qiziqishimga aynan «Nasaf» jamoasining o‘yinlari ham sabab bo‘lgan. Otam 2004 yili Qarshi shahridagi «Mehnat» stadionida bo‘lib o‘tgan «Nasaf» - «Lokomotiv» (5:1) uchrashuviga meni ham olib borganlar. Ushbu o‘yinda «Ajdarlar» «temiryo‘lchilar»ni yirik hisobda dog‘da qoldirishgan. Zafar Xolmurodovning benefesiga aylangan uchrashuvda hujumchi «Lokomotiv» darvozasini 4 marotaba ishg‘ol etib, pokerni rasmiylashtiradi. Aynan shu o‘yin orqali millionlar o‘yiniga yanada o‘zgacha mehr qo‘ydim. Zafar aka Xolmurodovning betakror harakatlariga oshno bo‘lgancha kelajakda futbolchi bo‘lishni niyat qildim. 2009 yili Qarshida «Nasaf» maxsus futbol maktabi ochilganidan xabar topdim va orzuimdagi jamoamning ilm dargohiga bordim. U yerda ilk futbol saboqlarini murabbiy Umar Rahmatullayevdan oldim.

- «Nasaf»ning asosiy jamoasiga o‘tish qanday boshlangan?

- Maxsus futbol maktabini tamomlaganimdan so‘ng «Nasaf» o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynay boshladim. Ustozim Ro‘ziqul Berdiyev menga ishonch bildirib asosiy tarkibga ham jalb etdi. 2016 yil mavsumida hali chempionat boshlanmasdan, O‘zbekiston Superkubogi va OCHLda «Nasaf»ning boshlang‘ich tarkibiga kiritildim. 18 yoshda bo‘lsamda bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qildim. Buning uchun Ro‘ziqul Sa’dullayevichdan bir umr minnatdorman. 17 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi bahsida «Paxtakor»ni 1:0 hisobida dog‘da qoldirdik. OCHLdagi debyutim ham omadli boshlandi. Birinchi turni Saudiya Arabistonida «Al-Ahli» klubiga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdik. Ana shu o‘yinda menga asosiy tarkibdan joy olish nasib etdi. Yagona golga mualliflik qildim. «Al-Ahli» bilan qarshida bo‘lib o‘tgan 2-tur bahsida Shuhrat Muhammadiyev oshirib bergan to‘pni boshim bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydim. Ikkinchi to‘pni Maqsud Karimov kiritdi. Shu kuni 2:1 hisobida zafar quchdik. Shuningdek, chempionatda esa birinchi turda «Olmaliq» klubi bilan o‘yinda maydonga tushganman.

- Yevropa sari qadam fikri qayerdan paydo bo‘ldi?

- Qaysi kasb egasi bo‘lmasin marrani yanada baland olishga harakat qilish kerak. Men ham buni to‘laqonli his etib Yevropa klublari sari intildim. Dastlab «Rux» (Lvov) klubida biroz bo‘lgach, so‘ng faoliyatimni Belorusning «Energetik-BGU» jamoasida davom ettirdim. Bir yarim yil davomida bosh murabbiy Anatoliy Ivanovichdan futbol ilmidan saboq oldim. Yarim yil ichida darvozani uch marta nishonga olgan bo‘lsam, 2022 yil mavsumi omadli bo‘ldi. Chempionatda 30ta o‘yinda darvozalarga 26ta to‘p yo‘llab, bosh to‘purar sifatida e’tirof etildim. Kubok bahsida bitta to‘pga mualliflik qildim. Hisobimda 7ta golli pas bor. Belorus chempionatining ham saviyasi ancha baland. O‘yinlar kurashlarga boy o‘tadi. Eng qiyin bahslardan biri «Vershina» jamoasi bilan bo‘ldi. 94-daqiqada darvozaga kiritilgan yagona to‘pga egalik qildim. Ayniqsa, ukrainalik Roma Popariya bilan namoyish etgan o‘yinimiz xotiramda muhrlanib qolgan.

- Belarus Oliy ligasining «Eng yaxshi futbolchisi», «Bosh to‘purari» sovrinlari sohibi bo‘ldingiz. Ikki chempionatni taqqoslay olasizmi?

- Har bir mamlakat chempio­natining o‘ziga xos tomonlari bor. Ushbu mamlakatda jismoniy holat birinchi o‘rinda turadi. Jismonan chiniqqan «charm to‘p» sohibi toliqish, charchash nimaligini bilmaydi. Qish-qirovli havoga menda biroz ko‘rikish bo‘lgan bo‘lsada, uni oson yengib o‘tdim. «Nasaf»da R.Berdiyev, «Energetik-BGU»da A.Ivanovich boshqaruvini taqqoslaydigan bo‘lsam, ikkalasining qarashlari turlicha, lekin shu bilan birga o‘xshat tomonlari ko‘p. Bejizga Berdiyev zamonaviy futbol havosidan nafas olmayapti. «Nasaf»da o‘tgan damlarim besamar ketmagan ekan. Bu yerda to‘plangan tajriba, uslub, to‘p bilan o‘ynash texnikasi, fikrlash doimo qo‘l keldi. Kumirlarim Krishtinu Ronaldu va Karim Benzima o‘yinlaridan zavq olib ulardek bo‘lishga intilaman.

- Bobur, Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini kuzatgan bo‘lsangiz kerak...

- Albatta. Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan olingan taassurotlar katta. Bizda hali o‘rganadigan tomonlar ko‘p. Lionel Messi, Kilian Mbappelarda imkoniyatlardan foydalanish hissi, qiyin vaziyatlarda jamoani tortishi, haqiqiy yetakchiligini ko‘rsatib turibdi. Biz ham ana shulardek maydonda to‘p sursak milliy terma jamoamizga kamarbasta bo‘lamiz.

- Yangi mavsum taraddudi haqida nimalar deya olasiz?

- Maqsad yuksak. Polsha, Vengeriya, Turkiya klublaridan chorlovlar bo‘lib turibdi. Bu bo‘yicha hali aniqlik kiritiladi. Niyatim katta jamoalarda o‘ynab, termamizga nafim tegsin deyman.

- Bir necha kun mobaynida «Nasaf» mashg‘ulotlarida vaqtincha ishtirok etdingiz. Sobiq jamoaningizda ayni paytda qanday ijobiy tomonlarni ko‘rdingiz?

- «Nasaf» men uchun qadrdon jamoa. Chunki, bu klubda unib o‘sdim. Oq-qorani tanidim. qayerda bo‘lmayin, uning yutuqlaridan quvonaman. Ayniqsa, bosh homiy e’tiboridan g‘oyat xursandman. Ro‘ziqul Berdiyevdek taniqli murabbiy imzosi o‘zbek futbolida porlab turganidan benihoya mamnunman. «Nasaf» hali o‘z so‘zini takror-takror aytadi. Men bunga ishonaman. Yoshlar bilan ishlash bor ekan, albatta jamoada yuksalish bo‘laveradi. (Abduxoliqov bu so‘zlarni o‘zgacha ifoda etar ekan ko‘zlari biroz yoshlandi. Bu kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbat, kindik qoni to‘kilgan yurtga sadoqat ifodasi edi).

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:25, 21.01.2023.
O'qildi: 2374 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.