Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani Bundesligada 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U 16-turda "Shalke"ga (3:0) qarshi o‘yinning 21-daqiqasida Yasper Lindstryomga assistentlik qildi.
Fransiyalik hujumchi Bundesligada bu mavsum birinchi bo‘lib 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yevropaning top-5 ligasi ishtirokchilari orasida undan tashqari atigi uchta futbolchi bu ko‘rsatkichga erishgan: Kevin de Bryuyne (Manchester Siti), Lionel Messi va Neymar (ikkalasi PSJ).