Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao

Mojaro: Yusuf Mukoko asli necha yoshda?

Mojaro: Yusuf Mukoko asli necha yoshda?

Baho:
+ | -

Hafta «bombasi»: Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Yusuf Mukoko ham yoshni «kesish»ga bog‘liq firibgarlik bo‘yicha gumon ostida qoldi.

 Rasmiy hujjatlarga muvofiq aytsak, futbolchi 2004 yilning 20 noyabr kuni Kamerunda tug‘ilgan. Demak, hozir 18 yoshda. Biroq Avstriyaning Laola1 nashrida yozilishicha, Yusufni asrab olgan otasi yaqinda uning asl tug‘ilgan sanasi bitilgan guvohnomani tegishli organlarga topshirdi. Unda Yusuf Muhammad Mukoko (futbolchining to‘liq-ism-sharifi) 2000 yilda tug‘ilgani qayd etilgan. Ajabo...

Ta’kidlanishicha, Yusufning tug‘ilganlik haqidagi asl guvohnomasini jurnalistlarga taqdim etgan katta Mukoko keyinchalik hujjat chop etilishiga qonuniy ravishda to‘sqinlik qilgan. Aytish kerak, yaqinda yoshni aniqlash testlaridan o‘tolmagan 21 nafar futbolchi Kamerun U-17 termasidan chetlashtirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ko‘rinishidan, Yusuf Mukokoga bog‘liq mojaro shu voqealar ta’sirida yuzaga qalqib chiqqan ko‘rinadi. Ikkinchi tomondan, joriy mavsum «Borussiya»ning barcha turnirlardagi jami 22ta o‘yinida 6ta gol va 6ta samarali uzatma qayd etgan Yusuf Mukokoning otasi bilan sira kelisholmayotgani haqida ham ma’lumotlar chiqqandi. 

Mukoko va «Borussiya» o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq futbolchiga da’vogarlar qatorida «Nyukasl», «Chelsi» va «Barselona» klublari tilga olingandi. Mukokolar oilasidagi kelishmovchilikka kelsak, futbolchi ota-onasini ochko‘zlikda ayblaydi. Xususan, u yaqinlari Gamburgda yashagan uy ijarasi uchun 1 million yevrodan ko‘proq to‘lashni istamadi. Yusufning shu muammo ortidan ota-onasi bilan aloqani batamom uzgani va 2 ikki yildan buyon hattoki, gaplashmagani haqida xabarlar yozilgandi. Ehtimol, ota o‘g‘lini matbuotga «sotib», shu tariqa «aqlini kiritib qo‘yish»ni o‘ylagandir.

Aytgancha, oldinroq ham Mukokoning yoshiga nisbatan gumonlar paydo bo‘lgan, lekin Germaniya futbol assosiasiyasi (DFB) 2017 yili uning hujjatlari qalbakilashtirilganini qat’iyan inkor etib, masalaga nuqta bosgandi. Endi yangi surishtiruv ishlari boshlanadimi? «DFB allaqachon «Borussiya» vakillari bilan gaplashgan. Klub faktlarni sinchiklab ko‘rib chiqish haqidagi iltimosga binoan, hujjatlar haqqoniy ekanligini tasdiqladi. Mukokoning yoshi rasmiy hujjatda yozilganiga muvofiq kelishiga shubha yo‘q. DFB ushbu masalada klub ma’lumotlariga to‘liq ishonadi», - deya Bild nashri so‘roviga javob berdi futbol assosiasiyasi ittifoqi matbuot xizmati. O‘sha 2017 yili «Borussiya» U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timo Preuss 12 yoshli Yusufning hujjatlari «nosoz»ligi xususidagi taxminlarga nisbatan keskin fikr bildirgandi: «Mukoko gavdasiga qarasangiz, asl yoshi kattaligini taxmin qilishingiz turgan gap. Ehtimol 1-2 yosh kattaroq hamdir. Ammo 17 yoshda emasligi aniq. Uni ayblashdan ma’no yo‘q, bola aldamaydi». 

Hozirda Mukoko atrofidagi voqealar qanday rivojlanishi noma’lum. «Nyukasl» va «Chelsi» kabi klublar allaqachon iqtidorli hujumchi uchun taklif tayyorlash haqida o‘ylayotgandi. Biroq shubhalar tasdiqlansa, barchasi 180 darajaga o‘zgarib ketishi tayin.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 22.01.2023.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.