Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Tata Steel-2023». Abdusattorov Aronyan bilan durang o‘ynadi

«Tata Steel-2023». Abdusattorov Aronyan bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha «Tata Steel-2023» nufuzli xalqaro turnirida bugun 8-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Nodirbek Abdusattorovga bu safar AQSHlik Levon Aronyan raqiblik qildi. Bahs boshidanoq durangga mos bo‘ldi. Aronyan bir vaziyatda farzinlarni almashishni 3 marta taklif qilganidan so‘ng hamyurtimizda bu taklifga rozi bo‘lmasdan iloj qolmadi. Shunga qaramay, Nodirbek g‘alaba uchun harakat qildi, ammo tomonlar yakunda durangga imzo chekishdi.

O‘zbekistonlik sportchi o‘z ochkolarini 6,0 taga yetkazdi va peshqadamlikni o‘zida saqlab turdi. Ushbu turda hamyurtimizning ta’qibchilari — Anush Giri va So Uesli durang qayd etishdi. Natijada oradagi farq 1 ochkoligicha qoldi. Magnus Karlsen esa ketma-ket ikkita g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 4,5 taga yetkazgan holda jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Abdusattorov 24 yanvar, dushanba kuni germaniyalik Vinsen Keymarga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:12, 22.01.2023.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик