Erling Xoland o‘zining Premyer-ligadagi dastlabki 25 ta golini darvozaga 74 ta zarbasi bilan urgan.
APL 21-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda "Manchester Siti" hujumchisi xet-trik qayd etdi, "shaharliklar" 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Klubning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purari Serxio Aguyero Premyer-ligadagi ilk 25 ta golini urish uchun 150 ta zarba yo‘llagan.