Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Mendesh Asensioni "Barselona"ga taklif qildi

Mendesh Asensioni "Barselona"ga taklif qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Real" vingeri Marko Asensioga qiziqish bildirmoqda.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 27 yoshli qanot hujumchisi bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqqan. Uning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.

Futbolchining agenti Xorxe Mendesh uni Premyer-liganing ko‘plab klublariga, shuningdek, "Barselona"ga taklif qildi.

Kataloniyaliklar sport rahbariyati Mendesh bilan yaqin munosabatlarga ega. Mendesh va kataloniyaliklar vakillari Asensioni "Barsa"ga o‘tkazish variantini muhokama qilishdi.

Madridliklar Asensioga yangi shartnoma taklif qildi, ammo futbolchi maoshdan qoniqmadi. Tomonlar kelishuvga erisha olishmadi, chunki futbolchining moliyaviy talablari "Real Madrid" unga berishga tayyor bo‘lgan summadan yuqori.

Asensio hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Uning "Real"da qolishi ehtimoli bor.

Qanot hujumchisi joriy mavsum Madridliklar safida barcha turnirlar doirasida 22 o‘yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:30, 23.01.2023.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик