Afrika terma jamoalari jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning fikricha, bu ularning Osiyo jamoalaridan yagona ustunlik tomoni hisoblanadi.
Guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston Kongo DRga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shomurodov o‘z jamoasi tarkibidagi yagona gol muallifiga aylandi.
Uchrashuv yakunida forvard raqib tajriba va jismoniy kuch borasida ustunlikka ega bo‘lganini, biroq afrikalik jamoalarning Osiyo jamoalaridan butunlay ustunligi haqida gapirish noo‘rin ekanligini ta’kidladi.
«Evropada o‘ynaganlar biladi, ular ham jismoniy tomonlama kuchliroq, ham saviyasi boshqa darajada. Shu bois ular jismoniy jihatdan bo‘sh kelishmaydi. Buning ustiga, ular o‘n kishi bo‘lib himoyalanishganda, gol urish juda qiyin bo‘ladi», — deya Shomurodovning so‘zlarini «Sport-Ekspress» nashri keltirmoqda.
Mundialning pley-off bosqichiga bir yo‘la to‘qqizta Afrika terma jamoasi yo‘l oldi.













