Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

"Barselona"ning maxfiy rejasi ish berdi

"Barselona"ning maxfiy rejasi ish berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yozgi transfer oynasining so‘nggi qismida "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib oldi. Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar bu transfer ustida maxfiy ravishda ish olib borgan.

"Barselona" rahbariyati transfer oynasining so‘nggi soatlariga qadar "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turgan. Biroq klub yakunda hujumchisiz qolib ketmaslik uchun parallel ravishda Jezus bilan muzokara boshlagan.

Braziliyalik futbolchi taklifga darhol ijobiy javob bergan. Uning "Arsenal"dagi mavqei Kay Xavers va Viktor Dyokeresh fonida pasaygandi. Qolaversa, "Barselona" libosida o‘ynash Jezusning bolalikdagi orzularidan biri bo‘lgan.

Kataloniya klubi transferni amalga oshirishdan avval futbolchining tizzasidagi avvalgi jarohatlarga alohida e’tibor qaratgan. "Barselona" mutasaddilari Jezusni Angliyada davolagan mutaxassislar bilan bog‘lanib, uning jismoniy holati bo‘yicha ijobiy xulosa olganidan keyingina kelishuvni yakunlashga qaror qilgan.

Hansi Flik ham 29 yoshli hujumchining transferini ma’qullagan. Nemis mutaxassisi forvardning texnikasi, hujum chizig‘ining bir nechta pozisiyasida harakat qila olishi va to‘psiz o‘yindagi yuqori pressingini qadrlaydi.

Moliyaviy jihatdan ham kelishuv "Barselona" uchun qulay bo‘lgan. Jezusning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilda yakunlanishi sababli London klubi 10 mln yevro kafolatlangan transfer puliga rozi bo‘lgan.

Jezus esa "Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlariga moslashish uchun "Arsenal"da olgan maoshiga nisbatan sezilarli kamaytirishga rozilik bergan. Braziliyalik bilan uch yillik shartnoma imzolangan.

Kiritildi: 14:57, 04.09.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик