Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» Xolandga o‘rinbosar tanladi

«Manchester Siti» Xolandga o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» tarkibida hozir faqat bir nafar sof markaziy hujumchi — Erling Xoland qolgan. Yozda «shaharliklar» Omar Marmush bilan xayrlashdi, misrlik futbolchi «Tottenxem»ga o‘tdi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, joriy mavsumda Xolandning asosiy o‘rinbosari Antuan Semenyo bo‘ladi. Erlingga dam berish zarurati tug‘ilganda, Enso Mareska ganalik futbolchini hujum markazida maydonga tushirishi kutilmoqda.

Semenyo ko‘proq qanotlarda harakat qiladi, ammo markaziy hujumchi sifatida o‘ynash tajribasiga ham ega.

26 yoshli sobiq «Bornmut» futbolchisi yanvar oyida «Manchester Siti»ga kelganidan buyon 30 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:50, 04.09.2026.
O'qildi: 3801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик