Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Chelsi» qishda Enso o‘rniga 100 million yevro to‘lashga tayyor

«Chelsi» qishda Enso o‘rniga 100 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Chelsi» qishki transfer oynasida Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Ko‘klar» klubni tark etgan Enso Fernandesning o‘rniga 23 yoshli futbolchini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Sport.es ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» Barrios transferi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor.

Manbaga ko‘ra, «Atletiko» Barriosni sotishga intilmayapti. Futbolchining shartnomasida 500 million yevro miqdorida tovon puli bandi mavjud.

O‘tgan mavsumda Barrios barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan. Uning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 07:05, 04.09.2026.
O'qildi: 2788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик