"Everton" tez orada Entoni Gordon o‘rnini to‘ldiradi. Xabarlarga ko‘ra, liverpulliklar "Renn" futbolchisi Kamoliddin Sulemanani sotib olmoqchi.
Gana terma jamoasi a’zosining o‘zi ham 1 fevralga qadar jamoasini tark etishni istamoqda. 20 yoshli hujumchi o‘z jamoasining yetakchisi hisoblanadi.
"Everton" tez orada yangi murabbiyga ega bo‘ladi va u katta ehtimol bilan Shon Daychdir. Daych esa rahbariyatdan yangi hujumchi talab qilishi aniq. Bu vaziyatda Sulemana varianti ayni muddao bo‘ladi.