"Bavariya" hali 2023 yilda g‘alaba qozona olgani yo‘q. 18-tur uchrashuvida Myunxen klubi Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu ketma-ket uchinchi 1:1 hisobidagi durang, bungacha ular "Leypsig" va "Kyoln" bilan murosa ko‘chasini tanlashgandi. Shu tariqa, jamoa mavsumni qayta boshlaganidan so‘ng uchta o‘yinda bor-yo‘g‘i uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Klub uchun yil boshidagi eng yomon start 15 yil oldin, ya’ni 2007 yilda bo‘lgan. Keyin jamoa uchta o‘yinda bir ochko jamg‘arib, "Shtutgart", "Shalke" va "Verder"dan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
O‘yin haqida
"Bavariya" ikki bo‘limda ikki xil o‘ynadi. Birinchisida jamoa raqibdan yaxshiroq o‘ynadi, gol urdi va bir nechta qulay vaziyatlar yaratdi. Birinchi bo‘limdagi zarbalar farqi 8:2 «Bavariya» foydasiga, xG - 1,02 "Ayntraxt"da 0,2.
Ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgardi, zarbalar - 6:6, xG - "Bavariya" uchun 0,36 va "Ayntraxt" uchun 0,68. Ha, burgutlar faqat bir marta aniq zarba berishdi va "Bavariya"dan bu borada ustun bo‘lishmadi, ammo jamoalarning umumiy taassurotlari butunlay boshqacha edi. "Ayntraxt" qarshi hujumlarni ancha faolroq o‘tkazdi: bunga kartochkalar bilan bog‘liq vaziyat ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. "Qizillar" darvozaboni ham, markaziy himoyachilari ham sariq kartochkalar olib ulgirgan, tezkorlik bilan hujumlarni kutib olish ancha qiyinlashdi. "Bavariya"ning ikkinchi bo‘limdagi eng yaxshi vaziyati Chupo-Motingning tovon bilan bergan zarbasi bo‘ldi. "Ayntraxt" 10 daqiqadan so‘ng hisobni tenglashtirdi: Rendal Kolo-Muani va Daichi Kamada hammasini birgalikda qilishdi – Kamada to‘pni ushlab turdi, raqiblarini o‘ziga jalb qildi va o‘z vaqtida uzatma berdi, Kolo-Muani Upamekano va Zommerni dog‘da qoldira oldi. Shunday qilib, yakuniy hisob o‘rnatildi - 1:1.
Uchrashuvning eng yomon futbolchisi – Yan Zommer bo‘ldi. Shveysariyalik posbonning jamoadagi moslashuvi hozircha unchalik silliq kechmayapti, so‘nggi o‘yinda faqat Serj Gnabri undan yomonroq balga loyiq ko‘rilgan. Ikki o‘yinda "Bavariya" darvozasi tomon atigi ikkita aniq zarba berildi - ikkalasi gol ham.
Bu "Bavariya" uchun bu mavsumdagi ikkinchi inqiroz davri bo‘lib, avgust-sentyabr oylarida g‘alabasiz to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tgandi. Bu ikki davr o‘rtasidagi farq - o‘shanda jamoaning ichki muxiti yaxshi bo‘lmagan bo‘lsa, endi hujumda umumiy g‘oyalar yo‘q. Sentyabr oyida to‘rtta o‘yin uchun jamoaning kutilgan gollari - 8,67 faqat to‘rttasi kiritilgan. Endi 3 ta o‘yinda jamoa uchtadan sal ko‘proq gol yaratdi - 3,69.
Izohlar
Oliver Kanning fikricha, hozir maydonda boshqa jamoa o‘ynamoqda, shuningdek qo‘shimcha qildi: “Biz mavsum oxiridagidan ko‘ra hozir og‘ir vaqtlarni yengib o‘tishni afzal ko‘ramiz. Ko‘p narsa xavf ostida, biz "Mayns"ga qarshi yaxshiroq o‘ynashimiz kerak".
Tomas Myuller: “Hujumda hech qanday g‘oyalarimiz yo‘q edi, ikkinchi bo‘limda bizda deyarli imkoniyat bo‘lmadi. Albatta, biz uch marta durang o‘ynaganimizdan xursand emasmiz».
Julian Nagelsmann: “Biz yaxshi boshladik, yaxshi futbol namoyish etdik. Ammo keyin ular maydonning barcha qismlarida biroz sekinroq o‘ynay boshladilar. Hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirish uchun bizda 2-3 imkoniyat bo‘ldi. Oldini olish mumkin bo‘lgan qator xatolar o‘tkazib yuborilgan golga olib keldi. Natija tabiiy, lekin men g‘alaba qozonishni xohlayman. Biz ko‘p jihatlarni yaxshilashimiz mumkin, asosiysi o‘yinni tezlashtirish. Bugun himoyamiz bilan raqib tomondan birinchi himoyachi Kolo-Muani o‘rtasida katta farq bor edi. Chuqur himoyalangan jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin. Natijada biz eng yaxshi natijaga erisha olmadik”.
Jadval
18-turdan keyin jadvaldagi vaziyat ancha qizidi. "Bavariya" allaqachon uch marta qoqilib, raqiblarini butunlay o‘ziga yaqinlashtirib qo‘ydi. Beshta jamoa uch ochkoga yaqin – "Yunion" bir ochko, "Leypsig" ikki, “Borussiya D” va "Frayburg" uch ochkoga ortda. Undan keyin esa oltinchi o‘rindagi va atigi besh ochko ortda qolayotgan “Ayntraxt Frankfurt” bor.