Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Jahon chempionatida porlab boshqa klubga o‘ta olmay qolgan yulduzlar

Jahon chempionatida porlab boshqa klubga o‘ta olmay qolgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Jahon chempionatlari har doim yangi yulduzlar va qahramonlarni kashf qilib beradi. Qatardagi turnir ham bundan mustasno emas edi. Biroq 2022 yilgi jahon chempionatida yorqin porlagan futbolchilarning hammasi ham kuchli klublarga yo‘l olmadi. Futbolchilardan qaysi biri u yoki bu sabablarga ko‘ra o‘z jamoasida qolib, top-klubga o‘tish imkoniyatini kutmoqda?

Yassin Bunu (“Sevilya”)

Marokashlik darvozabon 2022 yilgi jahon chempionatida terma jamoa ertagining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Bunu yarim finalgacha bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordi, Ispaniya bilan 1/8 finalda esa penaltilar seriyasida a’lo darajada o‘ynadi. OAV uni jarohat olgan Manuel Noyer o‘rniga "Bavariya"ga, shuningdek, "Aston Villa"ga o‘tishini kutdi. Marokashlik bilan “Sevilya”da ishlagan Unai Emeri ingliz klubiga kelib, Emiliano Martinesni jamoadan olib tashlashni rejalashtirgandi. Ispaniyalik mutaxassis argentinalik darvozabonning JCH-2022 finalidagi xatti-harakatidan g‘azablangan.

Biroq, hamma o‘z o‘rnida qoldi: Bunu "Sevilya"da o‘ynashda davom etmoqda, Martines "Villa" darvozasini himoya qilmoqda, "Bavariya" esa Noyer o‘rniga Myonxengladbaxning "Borussiya"sidan tajribali Yan Zommerni tanladi.

Sofyan Amrabat (“Fiorentina”)

26 yoshli Amrabat JCH-2022da Marokash terma jamoasining yarim himoyadagi asosiy tayanchi hisoblandi. Uning fazilatlari bir vaqtning o‘zida bir nechta top-klublarning e’tiborini tortdi: "Liverpul" birinchilardan bo‘lib qiziqish bildirdi, ammo futbolchining agenti uning mijozi "qizillar" uchun ustuvor maqsad emas deb hisobladi.

Keyin "Atletiko" bilan variant bor edi, ammo Madridda transfer uchun pul yo‘q edi. Oynaning so‘nggi kunida "Barselona" faollashib, Amrabatni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olishga qaror qildi. Marokashlik futbolchi hatto "Fiorentina" mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yubordi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tishga umid qilib: "Endi oldinga bor, kelajak hech kimga va’da qilinmagan" degan xabarni qoldirdi. “Binafsharanglilar” rahbariyati yakunda “Barselona” taklifini rad etdi va bundan norozi marokashlik Italiyada qoldi va tarkibdan chetlashtirildi. Keyin uzr so‘radi va murabbiylar shtabi Amrabatni jamoaga qaytarishga qaror qildi.

Moises Kaysedo (“Brayton”)

21 yoshli yarim himoyachi Ekvador terma jamoasi bilan JCH-2022 pley-off bosqichiga chiqa olmadi, biroq turnirning uchta o‘yinida ham doimiy ajoyib futbol namoyish etdi. Kaysedo "Brayton" yarim himoyasida ham ajralib turadi, u yerdan uni Londonning ikkita giganti "Arsenal" va "Chelsi" olib ketishni orzu qilgan. “Kanonirlar” butun yanvar oyi davomida ekvadorlik futbolchining transferi ustida ish olib borishdi. Kaysedo bilan qiziq holat yuz berdi: u "Arsenal" bilan kelishuv tez orada yopilishini kutib, ijtimoiy tarmoqlarda "Brayton" bilan xayrlashgan edi. Ammo bosh murabbiy Roberto De Zerbi va klub rahbariyati Kaysedoni qishda sotishni istashmadi.

Aleksis Mak Allister (“Brayton”)

Aleksis deyarli har qanday o‘yin tizimiga mos keladigan zamonaviy aqlli yarim himoyachi. Shu bois "Brayton"ning sobiq bosh murabbiyi Grem Potter futbolchini "Chelsi"ga olib ketishni juda xohlardi. Shuningdek, Mak Allisterni Italiyada ham kuaztishmoqda edi. "Yuventus" o‘rta chiziqni argentinalik bilan mustahkamlamoqchi edi.

Biroq, “Chelsi” oxir-oqibat boshqa ustuvor maqsadlarga erishdi va “keksa senyora” esa janjal va sud jarayonlari botqog‘iga tushib qoldi.

Emiliano Martines (“Aston Villa”)

Argentinalik darvozabon Qatardagi jahon chempionatining eng odiy figurasi hisoblanadi. Martines penaltilar seriyasida raqiblarini mag‘lub etdi, so‘ngra finaldan so‘ng turnirning eng yaxshi darvozaboni uchun sovrinni qo‘ga kiritdi.

Bir necha yil avval “Arsenal” zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan darvozabonga bir qancha top-jamoalar qiziqib qolgan edi. "Bavariya" Martinesni Noyerga, "Yuventus" esa darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish va Voysex Shesniy bilan raqobatlashish uchun o‘rinbosar sifatida ko‘rdi. Yakunda myunxenliklar Zommerni tanladi va “Yuve” to‘satdan ochkolar chegirib tashlanganligi sababli xaridlarga vaqt qolmadi.

Dominik Livakovich (“Dinamo Zagreb”)

Ro‘yxatimizdagi yana bir darvozabon JCH-2022da porladi. Livakovich allaqachon 28 yoshda, lekin endigina u keng jamoatchilikka tanildi. Xorvatiyalik futbolchi sakkiz yildan beri mahalliy "Dinamo"da o‘ynab, vaqti-vaqti bilan Chempionlar ligasida yorqin o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Biroq, top-klubga hal qiluvchi qadam qo‘yish uchun Livakovichga doimo nimadir yetishmayotgan edi. Qatardagi turnir Dominikning Yevropaning eng yaxshi jamoalarida o‘ynashga tayyorligini tasdiqladi.

Qishki transfer oynasi ochilishidan oldin futbolchiga “Bavariya” va “Chelsi” klublari unga qiziqish bildirgan. Ammo nemis klubi Zommerni afzal ko‘rdi, "Chelsi" esa asosiy darvozabon sifatida Kepa Arrizabalaga ishonishga qaror qildi.

Yoshko Gvardiol (“RB Leypsig”)

Yoshko butun mavsum davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda: xorvatiyalik zamonaviy markaziy himoyachiga xos barcha fazilatlarga ega, bundan tashqari u chap oyoqda o‘ynaydi. Gvardiol ortidan top-klublar saf tortgan bo‘lsa ajabmas, ular orasida Gvardiolaning "Man Siti"si ham bor edi.

Qizig‘i, futbolchining o‘zi “Liverpul”ni sevimli jamoasi deb atagan: “Mening orzuimdagi klub? Albatta, “Liverpul”. “Leypsig” gigantlarning jiddiy takliflariga qaramay, qishda asosiy himoyachini qo‘yib yuborishni istamadi. 2024 yilning yozida Gvardiolning shartnomasida 110 million yevro tovon puli faollashtiriladi. Ammo manfaatdor klublar xorvatni shu iyun oyidayoq sotib olishga harakat qilishlari mumkin.

Kiritildi: 13:56, 08.02.2023.
O'qildi: 3865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.