Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Parijda bo‘lib o‘tgan YECHL finali oldidan yuz bergan tartibsizliklarda UEFA bosh aybdor deb topildi

Parijda bo‘lib o‘tgan YECHL finali oldidan yuz bergan tartibsizliklarda UEFA bosh aybdor deb topildi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 2021/22 yilgi mavsumi finali doirasidagi “Liverpul” — “Real” (0:1) uchrashuvi arafasida yuz bergan hodisalar yuzasidan hisobot e’lon qilindi.

Mustaqil komissiya Parijdagi “Stad de Frans” stadionida yuz bergan voqealarda UYEFAni aybdor deb topgan. Mazkur komissiyaga ushbu ishni tekshirish vazifasi aynan UYEFA tomonidan yuklatilgandi.

2022 yilning 28 may kuni YECHL finali oldidan stadionga kirish hududida tiqilinchliklar yuz bergandi. Fransiya polisiyasi muxlislar harakatini to‘xtatishda ko‘zdan yoz oqizuvchi gaz va boshqa vositalarni ishlatishga majbur bo‘lgan. O‘yinning boshlanish vaqti esa 36 daqiqaga kechikkandi.

UEFA va Fransiya hukumati o‘sha vaqtda tartibsizliklarga soxta chipta bilan kelgan muxlislar, xususan, “Liverpul” ishqibozlarini sabab qilib ko‘rsatgandi.

Mustaqil komissiya hisobotida qayd etilishicha, fojiaga aylanishi mumkin bo‘lgan ushbu hodisa uchun asosiy javobgar — UEFA. Hodisaga soxtalashtirilgan chiptalar muammosi sabab bo‘lgani borasida dalillar yo‘q.

"UEFA xavfsizlik masalasida nazorat va boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi kerak edi. Ko‘rinib turibdiki, bu ro‘y bermagan", — deyiladi hisobotda.

Komissiya tartibsizliklarga sabab bo‘lgan qator faktorlarni sanab o‘tgan. Xususan, vokzal va stadion orasidagi marshrut yaxshi rejalashtirilmagani; “Liverpul” muxlislarining katta oqimi vokzaldan “Stad de Frans”ga yo‘l olgani; Mahalliy muxlislarning stadion atrofida yig‘ilish imkoniyati cheklanmagani va boshqalar.

"Bu hodisada o‘lim yuz bermagani mo‘jiza", — deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, tartibsizliklar vaqtida “Liverpul” muxlislarining birdam harakati “yana-da jiddiy talafot va o‘limlar”ni oldini olgan.

Hisobotda Fransiya polisiyasining harakati ham tanqid ostiga olingan. Eskpertlar Parij—2024 Olimpiya o‘yinlari arafasida bunday hodisaning yuz berishi mamlakat uchun “ogohlik qo‘ng‘irog‘i” bo‘lishi kerakligini qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:46, 14.02.2023.
O'qildi: 2231 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик