Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hakimiy kecha nega maydonni erta tark etdi?

Hakimiy kecha nega maydonni erta tark etdi?

Baho:
+ | -

Parijliklar o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy uchrashuvni erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

24 yoshli marokashlik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va «Bavariya»ga qarshi 1/8 final uchrashuvining butun birinchi yarmini maydonda o‘tkazdi, ammo tanaffus vaqtida Presnel Kimpembe maydonda uning o‘rnini egalladi.

Jurnalist Loik Tanzining so‘zlariga ko‘ra, Hakimiyning o‘zi Kristof Galtyedan o‘zgarishni so‘ragan – uning belida og‘riq sezilgan, shu sababli u ikkinchi bo‘limga kira olmagan. Zarar darajasi hali aniqlanmagan.

Bugun «Bavariya»ga qarshi o‘yin Hakimiyning «PSJ» bilan joriy mavsumdagi 31-uchrashuvi bo‘ldi. Futbolchining hisobida to‘rtta gol va beshta golli uzatma bor.

Kiritildi: 10:46, 15.02.2023.
O'qildi: 2563 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик