Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

APL. Har bir klubning narxlari e’lon qilindi. "MYU" va "Tottenxem" egalari xaridorlardan katta pul talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining kamida ikki klubi sotilishi mumkin. Shunday vaziyatda barcha 20 ta jamoaning narxlar ro‘yxati taqdim etildi. "Manchester Yunayted"ga rasmiy taklif bilan chiqish muddati bugun o‘z nihoyasiga yetishi kutilmoqda. Bu klub uchun dunyoning millarderlari da’vogarlik qilib turibdi. Kuni kecha chiqqan xabarda aytilishcha, asli eronlik bo‘lgan AQSH millarderi Jaxm Najafi "Tottenxem"ni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirib turibdi. Bu ikki klub APLning eng qimmat jamoalaridan hisoblanadi. Quyida sport-biznes nashri bo‘lgan "Sportico" tomonidan taqdim etilgan narxlari ro‘yxatini bilib olishingiz mumkin.

Ro‘yxat avvalida "Manchester Yunayted" nomi keltirilgan. Klub 4.8 milliard funtga baholangan bo‘lib, jamoaning 2022 yildagi sof foydasi 583.2 million funtni tashkil etgan. Biroq, klub egalari bo‘lgan Gleyzerlar oilasi "MYU" uchun 6 milliard narx belgilagan va bu asli narxdan ancha ko‘pdir.
Aynan yuqoridagi holat "Tottenxem" misolida ham yuzaga chiqadi. "Shporlar" egasi hisoblangan Jo Lyuis 4-4.5 milliard funt istayotgan bo‘lsa, "Sportico" keltirgan ma’lumotlarda "Tottenxem" atigi 2.57 milliardga teng.

"Manchester Yunayted"dan keyingi o‘rinlarda "Liverpul", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Chelsi" qayd etilgan. Ulardan keyingina "Tottenxem" nomi keladi. Kuchli oltilikdan tashqaridagi eng qimmat klub sifatida "Vest Xem" e’tirof etiladi. "Bolg‘achilar" bahosi 535 million funtga teng. Ro‘yxatning eng quyi pog‘onasida "Bornmut" turibdi. "Olchalar" narxi bor-yo‘g‘i 115 million funtni tashkil etgan. Shuningdek, "Nottingem", "Brentford" va "Brayton" ham nisbatan eng kam baholangan klublar orasidan o‘rin olgan.

Turnirning barcha klublari jamlangan narxi o‘nlab milliard funtni tashkil etgan. Yuqoridagi rasmda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:56, 17.02.2023.
O'qildi: 3729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик