Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

OCHL qaytdi. «Nasaf» bugun pley-off bahslarini boshlaydi. «Ajdarlar»ning xalqaro maydondagi ishtirokini yodga olamiz

OCHL qaytdi. «Nasaf» bugun pley-off bahslarini boshlaydi. «Ajdarlar»ning xalqaro maydondagi ishtirokini yodga olamiz

Baho:
+ | -

«Nasaf» 19 fevral, bugun Qatarning Al-Vakra shahrida Saudiya Arabistonining «Ash-SHabab» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu bilar «ajdarlar» OCHLning pley-off bosqichida ishtirok etgan to‘rtinchi va poytaxt Toshkent jamoalaridan tashqaridagi birinchi o‘zbek klubiga aylanadi.  «Al Janub» stadionida bo‘lib o‘tadigan pley-off uchrashuvi qarshilklarning 1/8 finaldagi ilk uchrashuvi bo‘ladi, ammo «Nasaf» 2011 yilda OFK kubogini qo‘lga kiritib, Osiyo klublari musobaqalarida tajribaga ega.

«Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv»dan iborat Toshkent triosi so‘nggi yigirma yil davomida mamlakat ichkarisida ustunlik qilgan bo‘lsada, «Nasaf» Markaziy Osiyo mamlakatidan qit’a chempioni bo‘lishga da’vogarlik qila oladigan yagona klub bo‘lib qolmoqda. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Ar-Riyod grandiga qarshi 1/8 finalga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda biz «Nasaf»ning so‘nggi 20 yil ichida qit’adagi o‘yinlariga nazar tashlaydi.

Osiyo elitasi o‘rtasidagi raqobat

1986 yilda tashkil topgan «Nasaf»ning qit’a elitasi orasida ilk tajribasi 2001-2002 yillardagi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga to‘g‘ri keldi va unda Turkmanistonning «Kopetdog‘ Ashxobod» va Tojikistonning «Umed Dushanbe» klublari ustidan yirik g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

«Quvayt SC» va Eronning «Istiqlol» klublari bilan durang o‘ynab, Abu Dabining «Al Vahda» klubi ustidan g‘alaba qozondi hamda «Nasaf» yarim finalga yo‘l oldi. «Nasaf» uchinchi o‘rin uchun pley-offda «Istiqlol»ga imkoniyatni boy berib, klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Qarshiliklar 2010 yilgi OFK kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, shunday qilib jamoaning qit’a miqyosidagi o‘yinlarga qaytishiga to‘qqiz yil vaqt ketdi. «Nasaf» gullab-yashnagan bir paytda, «Bunyodkor» mamlakatning asosiy kuchi sifatida braziliyalik yulduz Rivaldoni Toshkentga olib keldi, shuningdek, Server Jeparov, Timur Kapadze va Ignatiy Nesterov ham «qaldirg‘ochlar» safiga jalb qilingan. O‘shanda bosh murabbiylar safida braziliyalik taktik mutaxassislar Ziko va Luis Felipe Skolari bo‘lgan «Bunyodkor» 2008-2012 yillar oralig‘ida ikki marta OCHL yarim finaliga qadar yetib borgan. 2010 yilgi OFK kubogida «Nasaf» 1/8 finalga chiqdi, urda Suriyaning «Al Karamah» klubidan mag‘lub bo‘ldi. 2011 yil «Nasaf» tarixidagi eng shonli davr sifatida tarixda qoldi.

Muxlislarning hamon yodida qolgan musobaqada qarshiliklar oltita g‘alabaga erishgan, jumladan, Hindistonning «Dempo» jamoasini 9:0 hisobida yenggan. Nimchorak finalda ikki karra OFK kubogi sohibi bo‘lgan Iordaniyaning «Al Faysali» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Tailandning «Chonburi» jamoasini chorak finalda penaltilar seriyasida taslim etdi.

Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi Ivan Boshkovichning yarim finalda Ammanda «Al Vehdat» darvozasiga kiritgan goli 1:1 hisobidagi durangni yuzaga keltirdi. O‘zbekistonda esa iordaniyaliklar 2:1 hisobida raqibini taslim etib, qit’aning klublar miqyosidagi turnirlar finaliga yo‘l olgan birinchi O‘zbekiston jamoasiga aylandi.

Finalda «Nasaf» o‘z uyida turnirning 2009 yilgi g‘olibi «Quvayt» klubiga qarshi bahs olib bordi «Markaziy» stadionda dastlab Ilhom Shomurodov hisobni ochdi, keyinchalik latviyalik Andreys Pereplotkinsning go‘zal zarbasi hisobni 2-0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan ko‘p o‘tmay quvaytliklar hisobni qisqartirishdi, ammo «Nasaf» 2:1 hisobini uchrashuv yakuniga qadar saqlab qoldi va bu bilan O‘zbekistondan Osiyo chempioni bo‘lgan ilk klub sifatida tarixga kirdi. OFK kubogidagi muvaffaqiyat tufayli «Nasaf» keyingi yili Osiyo Chempionlar ligasida ilk bor maydonga tushdi, ammo bu yerda ancha qiyinchilikka duch keldi, guruhdagi olti bahsdan faqat bir ochko qo‘lga kiritdi xolos – «Istiqlol» bilan durang. Natijada «ajdarlar» turnir jadvalining quyi qismidan joy oldi. Qarshiliklar 2015 yilda yana ushbu nufuzli turnirga qaytishdi va guruh bosqichida Eronning «Traktor» jamoasi ustidan ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng Amirlikning «Shabab Al Ahli Dubay» jamoasi bilan durang o‘ynab, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Guruhdagi so‘nggi o‘yinda – Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasiga qarshi bahsdagi g‘alaba qarshiliklarni keyingi bosqichga olib chiqardi. Biroq golsiz durang Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchilarning umidlarini so‘ndirdi.

Shu paytgacha eng yaqini...

«Nasaf» uzoq muddat Osiyo klublari futbolisiz qoldi, lekin 2021 yilda OFK kubogiga qaytdi va shonli g‘alabadan o‘n yil o‘tib, bu ishni takrorlashga juda yaqin keldi. Qirg‘izistonning «Oloy», Tojikistonning «Xo‘jand» va Turkmanistonning «Oltin Asir» klublari ustidan uchta g‘alaba qozonib, Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va bu yerda Turkmanistonning boshqa bir jamoasi «Ahal»ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, «Inter Zonal»ga yo‘l oldi. Hindistonning «Mohun Bagan» jamoasi ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi – bu o‘yinda yosh hujumchi Husayn Norchayev xet-trik qayd etdi. «Nasaf» ushbu zonaning final o‘yiniga harakat qildi, Gonkongning «Li Man» klubi mintaqalararo finalda qarshiliklarni kutayotgan edi. Qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga Berdiyev shogirdlari arang g‘alabaga erishdi. 2011 yilgi chempionlik mavsumidan 10 yil o‘tib, «Nasaf» yana finalga chiqdi va bu muvaffaqiyatni takrorlamoqchi edi, ammo bu safar jiddiy raqib Bahraynning «Muharraq» klubiga duch keldi. Biroq uchrashuvda hamyurtlarimiz 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 

Shunday qilib, 2022 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynash uchun «Nasaf» 2021 yilgi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Pley-off bosqichida BAAning «Baniyas» jamoasini mag‘lub etdi. «Nasaf» guruh bosqichini Saudiya Arabistonining Dammam shahrida o‘tkazdi. U yerda «Ac-Sadd» hamda «Al Vehdat»ga qarshi kechgan bahslarda bir g‘alaba va bir durang qayd etilgan bo‘lsa, «Al Faysali» bilan uchrashuvlarning birida kuchlar teng keldi, yana bir o‘yinda esa vakillarimiz mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi. Natijada quyidagi ikki jamoa 9 ochkodan jamg‘argan holda qarshiliklar to‘plar orasidagi farq evaziga ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olishdi. «Nasaf» hozirda «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv»dan keyin pley-off bosqichiga chiqqan yagona viloyat jamoasi bo‘lib turibdi. Hozircha qarshiliklar musobaqada qolgan yagona o‘zbek klubi sifatida Qatarga yo‘l olishdi va o‘zlarining tarix kitoblariga yana bir yangi bob yozishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 12:37, 19.02.2023.
O'qildi: 4329 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.