Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«WR Chess Masters». Nodirbek Abdusattorov tavakkal qildi va yutqazdi

«WR Chess Masters». Nodirbek Abdusattorov tavakkal qildi va yutqazdi

Baho:
+ | -

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli «WR Chess Masters» turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bugun 5-tur doirasida germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda o‘ynadi.

Hamyurtimiz bahsning debyut qismini yaxshi o‘tkazdi va tashabbusni asta-sekin o‘z tomoniga og‘dira boshladi. Ammo Adusattorov 23-yurishda yaxshi yo‘lni ko‘rmadi va xatoga yo‘l qo‘ydi. Ammo bu paytda vaziyat teng edi. Hamyurtimiz 26-yurishda tavakkalchilik qo‘l urdi: u o‘z ruhini qurbon berib, fursatdan yutib ketmoqchi bo‘ldi. Biroq o‘ylagan rejasi ish bermadi. Yo‘qotilgan sipoh o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Boz ustiga, 28-yurishda Nodirbek yana bir xatoga yo‘l qo‘ydi.

Abdusattorov hech bo‘lmasa durangga erishish uchun harakat qilib ko‘rdi. Lekin 52-yurishga kelib taslim bo‘lishga qaror qildi.

Ushbu mag‘lubiyat tufayli o‘zbekistonlik sportchi o‘z ochkolarini 2 ochko bilan jadvalda 9-o‘ringa tushib ketdi. Abdusattorov ertaga 6-tur doirasida hindiston Gukeshga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 21.02.2023.
O'qildi: 3026 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик