Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

O‘zbekiston Superkubogi-2023. Uchrashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq vaziyat haqida

O‘zbekiston Superkubogi-2023. Uchrashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq vaziyat haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2022 yilgi mavsumni O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan ochib bergandi. O‘tgan mavsum uning doirasida «Paxtakor» va «Nasaf» klublari Yaypanda to‘qnash kelgandi.

Joriy mavsum ham Superkubok uchrashuvi bilan boshlanishi rejalashtirilgandi. Biroq qator sabablar tufayli buning ilojisi bo‘lmadi. Birinchi galda OFK «Nasaf» ishtirok etishi kerak bo‘lgan Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvni 3 fevral sanasidan 19 fevral sanasiga ko‘chirdi. Liga Qarshi klubining muvaffaqiyatiga umid qilgani holda Superkubok uchrashuvini fevralda o‘tkazish rejasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi hamda uni 14 mart sanasiga qadar surdi. Rejaga ko‘ra, «Nasaf» va «Paxtakor» shu kuni Superkubok doirasida saf tortishi va 18 mart kuni Coca-cola Superliganing 3-turida maydonga chiqishi kerak edi. Biroq assotsiasiya milliy terma FIFA kuni boshlanmay turib yig‘ilishi hamda unga ko‘proq futbolchi berayotgan klublar ishtirokidagi o‘yinlarni 17 mart sanasiga qo‘yishni so‘radi. Bu esa tabiiyki Toshkent va Qarshi jamoalariga murakkablik tug‘diradi.

Shundan kelib chiqib, Superkubok o‘yini 14 mart kuni o‘tkazilmaydi. O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlangach, Superkubokning keyingi aniq sanasi alohida e’lon qilinadi. O‘zbekiston kubogining qur’asi, shuningdek, Superliga va Pro liganing aprel va undan keyingi oy uchun rejalariga oydinlik kiritish uchun ham yordam beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:41, 22.02.2023.
O'qildi: 3302 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.