Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Gvardiola "Leypsig" bilan durangni izohladi

Gvardiola "Leypsig" bilan durangni izohladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Leypsig"ga qarshi safar uchrashuvidan (1:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Raqib kuchliroq pressing qila boshlaganida bizda muammolar paydo bo‘la boshladi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng o‘zimizni yig‘ishtirib oldik va o‘yinni munosib yakunladik. Yaxshi natija, endi hammasi Manchesterda hal bo‘ladi.

Nafaqat birinchi bo‘limdan, balki butun o‘yindan mamnunman, nima kutgan edingiz? Sizningcha, biz o‘rtoqlik o‘yiniga kelgandek 5:0 hisobida g‘alaba qozonishimiz kerak edimi? "Leypsig"ning nechta o‘yinini ko‘rgansiz? Bu Chempionlar ligasi va ba’zi yirik klublar allaqachon guruh bosqichida turnirdan chiqib ketishgan", - dedi Gvardiola BT Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 04:38, 23.02.2023.
O'qildi: 1823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик