Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ten Xag “Barsa”ni yengishning oson yo‘lini topdi

Ten Xag “Barsa”ni yengishning oson yo‘lini topdi

Baho:
+ | -

Xavi birinchi o‘yindan xulosa chiqardi, ammo bu uning raqibini umuman bezovta qilmadi. Keling uchrashuvni tahlil qilib ko‘ramiz.

"Manchester Yunayted" va "Barselona" o‘rtasidagi Yevropa ligasining javob uchrashuvida ikki xil bo‘lim bo‘lib o‘tdi. Agar birinchisi teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsa (zarbalarda 4-4), ikkinchisida inglizlar ispanlarni nokautga uchratishdi (zarbalarda 8-2). Bu qanday sodir bo‘ldi?

"Barsa" birinchi bo‘limda Xavining maydon markazida yaratgan son ustunligi evaziga g‘alaba qozondi

Dastlabki o‘yinda har ikki jamoa 4-3-3 sxemasida harakat qilishdi. Himoya vaqtida “MYU”ning markaziy yarim himoyachilari har biri o‘ziga biriktirilgan futbolchi bilan o‘ynash tamoyili asosida harakat qilib, raqiblarga imkon qoldirmagan edi. E’tiborlisi, mankunianliklarning ikkala goli ham bosim natijasida yuzaga keldi.

Birinchi uchrashuvni esga olgan Xavi javob o‘yinida jamoasining harakatlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Maydon markazida to‘rt nafar yarim himoyachi paydo bo‘ldi Buskets, de Yong, Kessiye va Roberto. O‘yindan oldingi tarkibda Robertoni 4-3-3 sxemasida chap qanot hujumchi sifatida ko‘rsatishgan, ammo to‘pga egalik qilgan holda u maydon makazida harakat qildi. Uning o‘zini tutishi 33 yoshli Jordi Alba emas, balki 19 yoshli Aleks Baldening chap himoyada maydonga tushishiga sabab bo‘lgan. Qanot futbolchisining yo‘qligi himoyachining doimiy faolligi bilan qoplanishi kerak edi, yosh yigit bu rolga ko‘proq mos edi.

“Barselona” sxemasi

Xavining bunday moslashuvi "Barselona"ga bosimini yengib o‘tib, doimiy ravishda boshqalarning maqsadiga erishish imkonini berdi. Agar qanotlardan o‘yinchilar "Manchester Yunayted" maydonining markazida o‘yinchilarga yordamga kelgan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar” chekkada, bo‘lmasa maydon o‘rtasida erkinlik olishdi. De Xea darvozasiga penalti belgilagan hujum ispanlarning o‘z darvozalaridan boshlangani e’tiborga molik.

"Barselona"ning yarim himoyadagi son ustunligiga misol

Erik ten Xag Xaviga javob berishi kerak edi. Aks holda, “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasidan chiqib ketish xavfini jiddiy o‘z zimmasiga oldi.

“Manchester Yunayted” ustozi hujumni maksimal faollashtirish bilan javob qaytardi

Ten Xag tarkibga muhim o‘zgarishlar kiritdi. Birinchidan, u Fernandeshni hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ziga qulay holatga keltirdi. Ikki bo‘limning ikkinchi daqiqasidayoq odatiy rolda portugaliyalik golli uzatmani amalga oshirgani naqadar ramziy! Ikkinchidan, murabbiy o‘yinni yuqori tezlikdagi futbolchilar bilan kuchaytirdi. Ulardan biri - Antoni gol urdi!

"Manchester Yunayted"ning birinchi bo‘limdagi sxemasi

"Manchester Yunayted"ning ikkinchi bo‘limdagi sxemasi

Ammo murabbiy faqat kadrlar o‘zgarishi bilan cheklanib qolmadi. Ten Xag uslubiy o‘zgarishlar haqida ham g‘amxo‘rlik qildi. "Barselona" himoyachilarini muntazam ravishda oyoqqa turg‘izish uchun "Manchester Yunayted" jarima zarbalarini tez o‘ynab ketishdi. Shu tariqa mezbonlar tezlikni oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu bilan birga, “MYU”ning ikkinchi bo‘limdagi uzatmalardagi aniqligi u qadar ham muhim emasdi. Chunki aniq uzatma berish qanchadir vaqtni olishini tushungan holda futbolchilar tezroq to‘pgan qutulishga harakat qilishdi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar sarosimaga tushib qolishdi. Agar mezbonlar aniqlik haqida o‘ylab, sifatni birinchi o‘ringa qo‘yishganda edi, unda tezlikni oshirish haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi.

Birinchi bo‘limda mag‘lubiyatga uchragan va tubsiz jar yoqasiga kelib qolgan “Manchester Yunayted” raqibning kuchli va zaif tomonlariga e’tibor bermay, yakka o‘zi juda yaxshi o‘ynay olishini ko‘rsatdi. E’tiborlisi, ikkinchi bo‘limda ten Xag o‘zining harakatlari bilan birdaniga ikkita muammoni hal qildi - u raqib darvozasi oldida vaziyatlarni ko‘paytirdi va raqibning shijoatini bo‘g‘ib, o‘z jarima maydonchasidagi yukni kamaytirdi, buni statistika ham yaqqol isbotlab turibdi. Bunday jamoani kubok uchun asosiy da’vogar hisoblasa bo‘ladi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 12:54, 24.02.2023.
O'qildi: 5290 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.