Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Grem Potterni almashtirishi mumkin bo‘lgan besh nomzod: Tomas Tuxel yana qaytishi mumkin

Grem Potterni almashtirishi mumkin bo‘lgan besh nomzod: Tomas Tuxel yana qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Grem Potter yaqin orada "Chelsi"ga o‘tgani uchun afsus chekishi mumkin. 47 yoshli ingliz mutaxassisi "Brayton"dagi yorqin loyihani tashlab, "Chelsi"ga kelgandi. Ammo Londondagi ishlar ko‘ngildagidek ketmayapti. Xususan, Potterga katta transferlar evaziga yaxshi futbolchilar olib berildi. Ammo undan foyda ko‘rilmayotir. Tomas Tuxel ketganidan atigi besh oy o‘tib, jamoa ichidagi bo‘shliqlar yaqqol namoyon bo‘la boshladi. "Manchester Siti"dan kubok bahsida sharmandali mag‘lubiyatga uchragan Potter (0-4), endi YECHLni ham tark etishi mumkin. Shunday bo‘lsada, klub rahbariyati ishonishda davom etmoqda. Negaki, ular "Arsenal"da Mikel Arteta bilan bo‘lgan voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan.
"Tottenxem"ga qarshi bahs hali qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Agarda mag‘lubiyat yuz bersa, u holda balki Potterni boshqa ko‘rmaymiz. Quyida uning o‘rniga ehtimoliy nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Tomas Tuxel

"Chelsi" muxlislari nemis murabbiyini qaytarishni istamoqda. Uning davri hozirgiga qaraganda ming marta yaxshi edi deguvchilar ham topiladi. Tuxel jamoani YECHLds g‘olibga aylantirgandi. Uning boshchiligida "Chelsi" ikki bor kubok finaliga ham chiqqan. Lekin endi uni qaytarish oson bo‘lmaydi. Negaki, Tuxelga, uning yana bir sobiq jamoasi bo‘lgan "PSJ" qiziqish bildirmoqda.

Roberto De Zerbi

"Chelsi" "Brayton"dan yana bir bor bosh murabbiyni tortib olishi mumkin. De Zerbi APLda ajoyib natija qayd etmoqda. Uning jamoasi yettinchi o‘rinni band etib turibdi. "Chelsi" va "Brayton" o‘rtasida ko‘p oldi-berdilar bo‘lib turadi. Masalan, yozda londonliklar "chag‘alaylar"dan Mark Kukurelyani xarid qilgandi.

Maurisio Pochettino

"Tottenxem"ning sobiq murabbiyi yana Londonga qaytishi mumkin. "Chelsi" B rejasi sifatida ehtimol argentinalik murabbiyga murojaat qilar. Ammo ko‘pchilik, Pochettino bu taklifni qabul qilmaydi deb hisoblaydi. "PSJ" uni 2022 yilda ishdan olgandi. 2019 yilda esa "Tottenxem" shunday qilgan. "Chelsi" ham tez-tez murabbiy almashtiradigan jamoalar sirasiga kirishini hisobga olsak, Pochettinoning "Stemford Brij"ga kelmasligi tabiiy holdir.

Zayniddin Zidan

Fransiyalik murabbiy 2016-18, keyinchalik 2019-21 yillar davomida "Real"ni boshqargandi. Zidan bu davrda ikki bor La-liga titulini, uch bor YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Ammo hozir, deyarli ikki yildan beri u ishsiz yuribdi. Zidanning ayni damdagi maqsadi Fransiya terma jamoasini boshqarish ekani aytiladi. "Chelsi" esa Zidanni ko‘ndirishi uchun ancha vaqt ketadi.

Joze Mourinyo

"Special One" uchinchi bor "Chelsi"ga qaytishi mumkinmi? Balki, ha. Mourinyo ikki davr oralig‘ida "Chelsi"ga uch marta APL chempionligini keltirgan edi. Portugaliyalik mutaxassis hozirda "Roma"dagi ishidan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu sababli, "Chelsi"ga o‘tib ketishi ham hech gap emas. Mourinyoning asl maqsadi Portugaliya terma jamoasida Fernandu Santushdan bo‘shab qolgan o‘rindiqqa ega chiqish edi. Ammo bu narsa amalga oshmadi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:06, 26.02.2023.
O'qildi: 1836 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик