Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Atletiko" Luis Enrikega shartnoma taklif qildi

"Atletiko" Luis Enrikega shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Diyego Simeonening "Atletiko Madrid"dagi davri nihoyasiga yetmoqda. Jurnalist Xavi de la Penya xabariga ko‘ra, “matraschilar” “Barselona”ning sobiq ustozi Luis Enrike bilan bog‘lanib, ispaniyalik mutaxassisga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.

Ispaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi hozircha o‘z javobini berishga ulgurmadi, ammo Madrid klubi Enrike taklifni qabul qilishiga umid qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, hozirgi jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone 2011 yildan buyon "Atletiko Madrid"ni boshqarib kelmoqda va shundan buyon u ikki marta "matraschilar" bilan La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan va shuncha marta jamoani Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan.

"Atletiko" ayni damda Ispaniya chempionatida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasining guruh bosqichida “matraschilar” so‘nggi o‘rinni egalladi va Simeone davrida ilk marta mavsumning bahorgi qismida yevrokuboklarsiz qolishdi.

Kiritildi: 14:44, 01.03.2023.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик