Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Maksim Shaskix: «Ishtiyoq bo‘yicha yutqazdik. Rotasiya qilishga futbolchi yetishmayapti»

Maksim Shaskix: «Ishtiyoq bo‘yicha yutqazdik. Rotasiya qilishga futbolchi yetishmayapti»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Olimpik" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida OAV savollariga javob qaytardi.

"Bugun ishtiyoq taraflama yutqazdik. Xuddi katta professor, akademiklardek maydonga tushdik. Qiyinchiliklarga moslashishga o‘rganib qoldik. Gol o‘tkazmagunimizcha yoki qandaydir mushkul holatga kelsak, yaxshi o‘yin namoyish etishni boshlaymiz. Dastlabki soniyalardanoq o‘yinga kirishib keta olmaymiz, bunga nima sabab bo‘lishini bilmayman. Bu birinchi bor sodir bo‘layotgani yo‘q.

Ehtimol, Banashak tarkibda bo‘lganida, o‘yin o‘zgarib ketgan bo‘lardi. Rashidov hujumchi sifatida, uning ortida esa Cheran o‘ynadi. Ammo gap bunda emas. Raqib 4 marta zarba berib, 3ta gol urdi. Bizda vaziyatlar yetarlicha bo‘ldi, ammo gol ura olmadik. Muammo shunda.

Mag‘lubiyatda hamma aybdor. Vaziyatlarni qayta ko‘rib chiqamiz. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman. Futbolchilarimiz biz istagan vazifalarni bajara olishmadi. Hozir hamma futbol o‘ynashni biladi, shunchaki maydonga chiqib, g‘alaba qozona olmaysiz. Barcha jamoalar himoyada ham, hujumda ham qanday o‘ynashni yaxshi biladi. Biz hammasiga tayyor bo‘lishimiz kerakligini yig‘inlarda ham ta’kidlab keldik. Buni har doim ta’kidlab kelaman.

Hozir rotasiya qila olmaymiz. Bizga futbolchilar yetishmayapti. 8 nafar o‘yinchimiz terma jamoa ixtiyorida. Ular orasida asosiy tarkib futbolchilari ham bor. Muxlislar zaxiradan futbolchilar tushirimizni istayapti. Xo‘p, zaxiradan kimni maydonga tushiramiz? Holat shunday, chunki "Paxtakor" terma jamoalar homiysi. U yerda 6 nafar, bu yerda 8 nafar o‘yinchimiz chaqiriladi. "Olimpik" futbolchilarining aksariyati "Paxtakor" o‘yinchilari. Yanada ko‘proq o‘yinchidan iborat qaydnoma topshira olmaymiz. Hechqisi yo‘q, bu birinchi tur, xolos. Hali hammasi oldinda.

U-20 terma jamoaga muxlislik qilamiz. Lekin yuragim futbolchilar shu yerda, jamoada bo‘lishlarini xohlayapti. Ular "Paxtakor"ga foyda keltirgan bo‘lardi. Ammo termaga muxlislik qilamiz va ularning jahon chempionatiga chiqishini xohlaymiz. Biz ularni qaydnomadan chiqarib, keyin yana qaytarish imkoniga ega emasmiz. Qaydnoma cheklangan. Bu borada qiyinchiliklar bor", — dedi Shaskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:12, 04.03.2023.
O'qildi: 2012 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.