"Benfika" hujumchisi Rafa Silva Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "Bryugge" ustidan qozonilgan g‘alaba (5:1) haqida fikr bildirdi.
“Ular boshidanoq g‘alaba qozonish uchun kayfiyatni ko‘rsatishdi. Garchi ikkita to‘p farqi bilan oldinda bo‘lgan bo‘lsak-da, o‘yinga shu jiddiyliye bilan yondashdik va g‘alabaga erishdik. Biz YECHLda g‘alaba qozonish haqila turnir boshidanoq orzu qilgan edik va oxirigacha shuni istaymiz", - deya Silvaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi UEFA matbuot xizmati.
Birinchi o‘yin 2:0 hisobida lissabonliklarning g‘alabasi bilan yakunlangandi, shu bois “Benfika” chorak finalga yo‘l oldi.