Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Deyli Blind: «Maqsadim – yozda menga shartnoma taklif etishlariga erishish...»

Deyli Blind: «Maqsadim – yozda menga shartnoma taklif etishlariga erishish...»

Baho:
+ | -

Uning otasi Denni allaqachon Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan, shunday ekan Deyli Blind nima muhimligini juda yaxshi biladi.

Shu bilan birga, u o‘yindan tashqari ta’sirga ega bo‘lishni ham xohlaydi: u orzuingiz bilan yashashni istasangiz, hech qachon taslim bo‘lmasligingiz kerakligiga yaqqol dalilidir.

- Deyli, Bastian Shvaynshtaygerning aytishicha «MYU» safiga qo‘shilgach ilk uchrashgan odam siz bo‘lgan ekansiz. U o‘shandagi qabulingizdan hamon xursand. Sizchi, eslay olasizmi?

(kuladi) Ha, albatta! Bu men uchun ham ajoyib onlar edi: Bastian Chempionlar Ligasi g‘olibi va jahon chempioni edi, men uning faoliyatini diqqat bilan kuzatardim va Manchesterga kelganidan juda xursand bo‘ldim. Biz ilk daqiqalardan boshlab juda yaxshi munosabatda bo‘ldik. U ajoyib yigit, shaxs va men u bilan o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman.

- «Bavariya»dagi birinchi kuningizda kimdir sizni shu tarzda kutib olganmi?

- Men uchun vaziyat biroz boshqacha edi, chunki «Ayaks»da Matteys de Ligt, Rayan Gravenberx va Nussair Mazrauilar bilan birga edik. Shuningdek, Leroy Sane «Manchester Siti»da o‘ynagan va u bilan ham aloqam bor edi. Birinchi kundan boshlab bu yerda o‘ziga xos atmosferani his qildim. Siz ushbu jamoada kuchli birdamlikni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, yechinish xonasida Tomas Myullerning yonida o‘tiraman. U juda ko‘p gapiradi va yangilar uchun hayotni osonlashtiradi. Joshua Kimmix debyutimdan so‘ng darhol xabar yubordi va bu menga yoqdi.

- Yangi klubga yangi umidlar bilan kelasiz, ayniqsa «Bavariya» kabi katta klubda umidlar ham katta bo‘ladi. Bu yerda ko‘proq nimadan hayratlandingiz?

- Albatta, har bir kishi ushbu klubning kattaligi haqida tasavvurga ega. Ammo siz bu yerda bo‘lganingizdan keyingina klubda hamma narsa qanday o‘lchovlarga ega ekanligini anglatishini his qilasiz. Meni eng hayratga soladigan narsa bu klubdagi ish etikasi bo‘ldi: barcha mutlaqo diqqatli va mavsum oxirida sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Men bunday atmosferadan, eng yuqori darajadagi cheksiz munosabatdan hayratda qoldim.

- Siz 2019 yildan beri defibrilyator bilan o‘ynayapsiz. Bu siz uchun nimani anglatadi?

- Boshida bunga juda ko‘p e’tibor qaratdim, avval uni qayta ishlashingiz va shaxsiy yo‘lingizni topishingiz kerak. Ammo reabilitasiya paytida ham men ko‘plab xabarlarni qabul qildim va ko‘pchilik tashvishlanayotganini payqadim. Endi shuni ko‘rsatmoqchimanki, sportdan tashqari hamma narsa mumkin: hatto yurak xastaligi ham siz o‘zingiz yoqtirgan narsani qilishni to‘xtatishga majbur bo‘lishingizni anglatmaydi. Men hatto professional futbolchi bo‘lish orzuimni davom ettira olaman. Bundan tashqari, kun bo‘yi uyda o‘tirishga hojati yo‘q, chunki tibbiy holatingiz tufayli hech narsa qila olmasligingizdan qo‘rqasiz.

- Shunday qilib, siz odamlarni rag‘batlantirmoqchisiz.

- Albatta, hamma narsa shifokorlar maslahatidan keyin bo‘lishi kerak. Ammo men juda ko‘p xabarlarni olaman, ba’zi odamlar uydan chiqishga jur’at etolmaydilar yoki ishga qaytishdan qo‘rqishadi va menimcha, agar siz o‘zingizni majburlasangiz, bundan ham ko‘proq narsa bo‘lishi mumkin. Men buni o‘z misolim bilan ko‘rsatmoqchiman. Umid qilamanki, kimgadir ozgina bo‘lsada umid o‘yg‘otaman va bolalarga, barcha odamlarga hech qachon taslim bo‘lmaslik, maqsadlar qo‘yish va ular uchun yashash kerakligini yetkazmoqchiman.

- Yurak futboli siz uchun yana bir o‘ziga xos o‘lchovga ega.

- Mening holatimda siz ham ha, deb ayta olasiz.

- Otangiz Denni Blind Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. Uning soyasidan chiqishni maqsad qilganmisiz?

- Yo‘q, bu hech qachon mening motivasiyam bo‘lmagan. U bilan juda faxrlanaman va bu butun faoliyatim davomida menga katta yordam berdi. Albatta, ko‘p odamlar meni u bilan solishtirishadi va ehtimol men ko‘proq tanqidiy baholangandirman, chunki u futbolda juda ko‘p yutuqlarga erishgan. Lekin men hech qachon o‘zimni undan ustun qo‘yishga majburlamaganman. Bolaligimda faqat u kabi martaba haqida orzu qilardim. Har doim uyimiz va bog‘imizda to‘plar bo‘lardi. Uning izidan borishga muvaffaq bo‘lganimdan xursandman: Blind familiyasi ko‘plab sov­rinlarni qo‘lga kiritdi, bu ajoyib oilaviy an’ana.

- Yakshanbalari oilaviy kechki ovqatda, siz ikkinchi porsiyani olish uchun turganingizda, uning jahli chiqarmidi?

(kuladi) Rostini aytsam, kichkinaligimda yo‘q. Ammo 16-17 yoshimda, ya’ni futbol yuilan jiddiyroq shug‘ullana boshlaganimda, u shirinliklardan qochishim kerakligini takrorlayverardi: «semirib ketasan, shuning uchun ularni yema!» Hozir ham shirinliklarni deyarli yemayman. Albatta, ba’zida «hush»imni yo‘qotaman, lekin umuman olganda, har doim bu maslahatga quloq solaman.

- Siz Niderlandiya chempio­natida 7 marta g‘alaba qozongansiz, otangiz esa 5 marta. Bu borada bahs bo‘ladimi, oshxona devorida hisob bormi?

(kuladi) Ha, men ham professionallikka yetganimda, albatta, o‘zaro kichik musobaqa o‘tkazdik. Uni chempionlik, terma jamoadagi o‘yinlar va ko‘plab sovrinlar hisobida ortda qoldirdim - afsuski, otam har doim Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganini pesh qilaveradilar, men esa faqat Yevropa Ligasini olganman...

- Yozda, shartnoma muddati tugagach, nima qilasiz?

- Kelgusi oylarda klubga yordam berishga va iloji boricha ko‘proq sovrinlarni yutib olishga e’tibor qarataman. Mening oilam ham hozir Myunxenda va biz o‘zimizni uydagidek his qilyapmiz. Men «Bavariya»ning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Maqsadim yozdan keyin ham menga shartnoma taklif etishlariga o‘yinim orqali erishish, ammo ungacha hali uzoq yo‘l bor.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:15, 11.03.2023.
O'qildi: 1165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.