Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

De Bryuyne «Leypsig»ga qarshi o‘yinlar oldidan nimalar dedi?

De Bryuyne «Leypsig»ga qarshi o‘yinlar oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi va sardori Kevin De Bryuyne «RB Leypsig»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va turnirdagi g‘alaba uning jamoasini yanada kuchaytiradimi, degan savolga javob berdi.

«Bu qiyin o‘yin bo‘ladi, «Leypsig» ajoyib klub. Biz ular bilan o‘tgan yili uchrashganmiz va ular yaxshi futbolchilarga ega.

Men shiddatli va shijoatli o‘yin kutaman. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istasak, Yevropaning eng yaxshi jamoasi bo‘lishimiz kerak.

Biz chorak final va yarim finalda edik, ammo yakuniy bosqichga chiqa olmadik. Biz har yili harakat qilamiz, lekin nimadir yetishmaydi.

Chempionlar ligasi g‘olibligi jamoamizni kuchaytiradimi? Yo‘q. Men bunday deb o‘ylamayman. Agar biz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsak va boshqa hech narsa bo‘lmasa, bizni Yevropaning eng yaxshisi deb atash mumkin, lekin... bilmayman.

Liganing eng yaxshi jamoasi bo‘lish uchun qanday me’zonlar mavjud? Har kimning o‘z fikri bor va biz har yili eng yaxshi bo‘lishni xohlaymiz», - dedi De Bryuyne.

Kiritildi: 22:16, 13.03.2023.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик