Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

APL. So‘nggi tur natijalaridan keyin chempionlik poygasi va turnir jadvalining so‘nggi ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Superkompyuter buni taxmin qildi

APL. So‘nggi tur natijalaridan keyin chempionlik poygasi va turnir jadvalining so‘nggi ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Superkompyuter buni taxmin qildi

Baho:
+ | -

So‘nggi tur natijalari shuni ko‘rsatdiki, APLda YECHL yo‘llanmasi uchun kurash hali uzoq davom etadi. Ammo tumanli Albiondagi janglar faqatgina bu bilan cheklanib qolmaydi. Buni juda ham yaxshi bilasiz. chempionlik uchun, qolaversa, turnirda jon saqlab qolish maqsadidagi kurashlar ham so‘nggi turgacha o‘z aktualligini yo‘qotmasligi aniq.

"Manchester Yunayted"ning o‘z maydonida "Sautgempton" bilan durang o‘ynashi, hali bu jamoaning ruhiyati "Liverpul"ga qarshi qaqshatqich mag‘lubiyatni hazm qila olmaganini ko‘rsatdi. Erik ten Xag jamoasi bu ketishda, o‘z 3 o‘rinni ham boy berib qo‘yishi hech gap emas. Negaki, keyingi pog‘onadagi "Tottenxem" joriy turda "Nottingem"ni mag‘lub qilib, "qizil iblislar"ga ikki ochkolik masofada yaqinlashib oldi. Shuningdek, kuchli to‘rtlikka da’vogar sanalgan "Nyukasl" ham "Vulvz"ni taslim etib, oltinchi o‘rindan beshinchiga ko‘tarilib oldi. Keyingi pog‘onalarda ketayotgan "Brayton", "Brentford" hamda "Fulxem"lar ochko yo‘qotdi. Xo‘sh, mana shunday natijalardan keyin, jamoalarning taqdiri ne kechadi. Superkompyuter eng so‘nggi natijalarga qarab mavsumning yakuniy turnir jadvalini taxmin qildi.

Demak, "Tottenxem" hafta oxiridagi g‘alabasiga qaramay, kuchli to‘rtlikni zabt eta olmaydi. "MYU"ning joriy pozisiyasi o‘zgarmaydi va mavsum oxirida ham o‘z joyida qoladi. YECHL uchun oxirgi yo‘llanmani "Nyukasl" qo‘lga kiritishi aytilgan. Ayni damda "qarg‘alar"ga kuchli to‘rttalikka qaytish uchun 4 ochko zarur. Ammo ular "Tottenxem"dan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan.

38 turdan keyin "Arsenal" "Manchester Siti"dan oldinda qolaveradi va chempionlikni uzil-kesil hal qiladi. Londonliklar 27 turdan keyin besh ochkolik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Ha, yana 10 turdan keyin Pep Gvardiola "Arsenal"ga ancha yaqin keladi. Ammo bu chempionlikka yetarli bo‘lmaydi.
Turnir jadvalining pastki yakunida ham kurash kechadi. Superkompyuterga ko‘ra, "Bornmut", "Everton" va "Sautgempton"lar Chempionshipga yo‘l oladi. Qizig‘i shundaki, taxminda ushbu jamoalar o‘zining so‘nggi, 38 tur o‘yinida "Liverpul", "Everton" va "MYU"ni mag‘lub etadi. Ammo bu yetarli bo‘lmaydi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:11, 13.03.2023.
O'qildi: 5308 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.