«PSJ» klubining ba’zi futbolchilari «Bavariya»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob o‘yini oldidan intizomga amal qilmagani ma’lum bo‘ldi.
Nomi oshkor qilinmagan futbolchilar biri Myunxendagi o‘yindan 2 kun avval tungi klubda dam olgan. U tungi klubni tonggi soat 6 da tark etgan va ko‘p ehtimol bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan.
Futbolchi esa «Bavariya»ga qarshi o‘yinda «PSJ» safida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Parijliklar bu bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi va musobaqani tark etishdi.