Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

U-20 Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

U-20 Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan U-20 Osiyo Kubogi—2023 chorak final o‘yinlari yakunlandi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa ma’lum bo‘ldi. Mazkur jamoalar o‘z navbatida U-20 Jahon chempionati yo‘llanmasiga ham ega chiqdi. Shu tariqa, Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan kichik mundialning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning 20 mayida 11 iyuniga qadar davom etadigan musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ular bilan tanishing:

Osiyo: Indoneziya (mezbon), Iroq, Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston;

Afrika: Gambiya, Nigeriya, Senegal, Tunis;

Shimoliy Amerika: Dominikan, Gvatemala, Gonduras, AQSH;

Janubiy Amerika: Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Urugvay;

Okeaniya: Fiji, Yangi Zelandiya;

Yevropa: Angliya, Fransiya, Isroil, Italiya, Slovakiya.

Musobaqaga 31 mart kuni qur’a tashlanadi. Qur’a oldidan savatchalar quyidagi ko‘rinishni olgan:

Birinchi savatcha: Indoneziya (mezbon), Urugvay, AQSH, Fransiya, Senegal, Italiya;

Ikkinchi savatcha: Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;

Uchinchi savatcha: Nigeriya, Yaponiya, O‘zbekiston, Iroq, Gonduras, Fiji;

To‘rtinchi savatcha: Gvatemala, Dominikan, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.

Bu Jahon chempionati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarixidagi 5-musobaqa bo‘ladi. So‘nggi bor jamoa 2018 yilgi turnirda ishtirok etgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:21, 14.03.2023.
O'qildi: 7076 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.