Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Yondashuv. Viyeyraning iste’fosi to‘g‘rimidi?

Yondashuv. Viyeyraning iste’fosi to‘g‘rimidi?

Baho:
+ | -

Viyeyra ajoyib jamoa tuzdi va dastlab yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi

O‘tgan mavsum oldidan «Kristal Pelas» bosh murabbiylikka «Nissa»ni va undan oldin «Nyu-York Siti»ni boshqargan Patrik Viyeyrani taklif qilgandi. Uning jamoalari qiziqarli o‘yin ko‘rsatmadi, g‘alaba keltirmadi va asosan turnir jadvalining o‘rta qismidan joylashdi. Uning londonliklar postiga tayinlanishi ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi va uning bu lavozimga muvofiqligiga shubha tug‘dirdi. Biroq sobiq afsonaviy yarim himoyachi jamoa boshchiligidagi debyut mavsumida barchani hayratlantira oldi. Patrik juda ko‘p iqtidorli o‘yinchilarni o‘z ichiga olgan juda chiroyli yosh jamoani tuzdi.

«Kristal Pelas» Roy Xojson qo‘l ostida ko‘proq yaxshi natijaga erishgan bo‘lsa, 21/22 yilgi mavsumda «burgutlar» ham o‘yin sifati, ham natijalar bo‘yicha oldinga katta qadam tashlab, 12-o‘rinni egalladi. Ko‘pgina ilg‘or ko‘rsatkichlarga ko‘ra, londonliklar yevrokuboklar zonasi uchun potensial da’vogarlardek ko‘rindi.

Viyeyra shogirdlari urilgan/o‘tkazib yuborilgan gollar va kutilgan ochkolar soni bo‘yicha Premyer-ligada oltinchi o‘rinni egallashdi. Shuningdek, 12/13 yilgi mavsumdan beri birinchi marta mavsumni ijobiy gollar farqi bilan yakunladi. Bu oxirgi marta sodir bo‘lganida, «burgutlar» chempionshipda beshinchi o‘rinni egallagandi va pley-off bosqichidan o‘tib, Angliya elitasiga yo‘l olgan.

Jamoaning bunchalik cho‘kib ketish sabablari

Vinsent Kompani Viyeyraning iste’fosi haqida fikr bildirdi va ko‘plab futbol muxlislarining fikrlarini takrorladi:

Jadvalga qarasam, ular 12-o‘rinda ekan. Iste’foga jamoaning yomon sport formasi sabab bo‘lganini eshitgandim, ammo klubning oxirgi o‘yinlari «Nyukasl», «Chelsi», ikki marta «Manchester Yunayted», «Siti» va «Brayton»ga qarshi o‘tkazilgan. Keyin ko‘ramanki, Zaxa 4-5 o‘yinga maydonga tusha olmagan. Shunday ekan, men bu qarordan mamnun emasman.

«Chelsi»dan ijaraga olingan, so‘nggi mavsumda haqiqiy dvigatel bo‘lgan Konor Gallaxer yozda jamoani tark etdi. Klub rahbariyati angliyalik futbolchiga o‘rinbosar izlashda xatoga yo‘l qo‘ydi va Shayk Dukureni sotib oldi. Asosiy farq shundaki, Konor hujumkor yarimhimoyachi, Sheyk esa himoyaviy yarim himoyachi.

Bundan tashqari, joriy mavsumda atigi 6 ta gol urgan Vilfrid Zaxa sezilarli darajada yo‘qolib qoldi. Gallaxer va Zaxa so‘nggi mavsumda jamoaning 50 ta golidan 22 tasini urishgan. Klub hali tajribali markaziy hujumchini xarid qilmagan. Uilfrid o‘zining gol urish qobiliyatidan tashqari o‘tgan mavsumlarda ham sifatli dribling orqali sheriklari uchun xavfli vaziyatlarni mahorat bilan yaratgan. Joriy mavsum Zaxa uchun eng yomoni bo‘ldi.

Jahon chempionatidan keyin «Kristal Pelas» Roy Xojson davridagidan ham yomonroq o‘yin ko‘rsatmoqda

Agar siz jamoaning turnir jadvalidagi holatiga nazar tashlasangiz, Viyeyraning ishdan bo‘shatilganini ko‘rib hayron bo‘lishingiz mumkin, chunki ular 2020 yilning may oyida 38 turdan keyin qanday holatda bo‘lgan edi?! Mish-mishlarga ko‘ra, rahbariyat fransiyalik murabbiyning ish uslubi yoqmagani uchungina uni chetlashtirishga qaror qilgan. Aytishlaricha, Viyeyra o‘yinchilarga juda yumshoq munosabatda bo‘lgan.

Qolaversa, o‘yin komponentida jiddiy bo‘lmasada, yaqqol ko‘rinib turgan muammolar bor edi: urilgan gollar soni bo‘yicha jamoa ancha cho‘kib ketganidan tashqari, himoyada ishonchli o‘ynashni to‘xtatdi. «Burgutlar» hech qachon avvalgi formasiga qayta olishmadi, endi ularni ligadan tushib ketish zonasidan atigi uch ochko ajratib turibdi. Angliya chempionati turnir jadvalining ikkinchi qismida zichlik juda yuqori. Qolaversa, joriy mavsumda «burgutlar»dan kam gol (21ta) urgan faqat ikki jamoa bor – «Sautgempton» va «Vulverxempton» hisobida 20 tadan gol mavjud.

«Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan so‘ng Viyeyra shogirdlari juda kam g‘alaba qozonishdi: «Pelas» 2003/04 yilgi mavsumdan beri ketma-ket uchta o‘yinda raqiblari darvozasiga hech qachon aniq zarba bera olmagan birinchi Premyer-liga jamoasiga aylandi. 2023 yilda jamoa birorta ham g‘alaba qozona olmadi. Ularning g‘alabasiz seriyasi allaqachon 11 uchrashuvga yetgan - 5 durang va 6 mag‘lubiyat, urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq 5-15. Fransiyalik mutaxassis ishdan bo‘shatilgach, darhol Roy Xojsonning vaqtinchalik bosh murabbiylik lavozimiga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Jadvalning pastki qismidagi yuqori zichlik tufayli har bir natija juda muhim vaznga ega. Ayniqsa, ularga qarshi bo‘lgan 11 klubdan 8 tasi Premyer-ligadagi o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurashda qatnashmoqda. Roy Xojson Vilfrid Zaxaga to‘g‘ri yondashuvni topa oladi, chunki aynan uning qo‘l ostida ivuarlik klubning eng yaxshi to‘purariga aylandi va ajoyib natijalar ko‘rsatdi.

Kiritildi: 21:31, 18.03.2023.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.