"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn bir mavsumda bosh bilan urilgan gollar bo‘yicha APL rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi OPTA.
U joriy mavsumda boshi bilan 9 ta gol urdi va 1997/98 yilgi mavsumda xuddi shunday natija qayd etgan Dankan Fergyusonga yetib oldi.
29 yoshli forvard joriy mavsumda “shporlar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Uning jamoasi 28 uchrashuvda 49 ochko jamg‘argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida 4-pog‘onada bormoqda.