"Tottenxem" himoyachisi Ben Devis "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli olti haftagacha maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi Football.London
29 yoshli Devis tanaffus oldidan oyoq sonini jarohatlab olib maydonni tark etdi. Uelslik futbolchining tiklanishi 4-6 hafta davom etadi.
Devis joriy mavsumda “Tottenxem” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.