So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Qatar sarmoyadorlari "Manchester Yunayted"ni sotib olishga juda yaqin kelishgan. Agar shunday bo‘lsa, "qizil iblislar" dunyodagi eng katta klublar tarmog‘ining bir qismiga aylanishi mumkin. Bu narsa "MYU"ni "PSJ" bilan ham bog‘laydi. APLning eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoasi boshqa egalar qo‘liga o‘tishi kutilmoqda. Gleyzerlar xonadoni klubga da’vogarlik qilayotganlarning bir nechta taklifini ko‘rib chiqmoqda. Takliflar ichida eng yirigi Qatar Islom banki raisi va sobiq davlat bosh vazirining o‘g‘li Shayx Yassim bin Xamad al-Tani tomonidan yangradi. Qatar Sport Sarmoyadorlari guruhi, allaqachon "PSJ"ga egalik qiladi.
Ushbu guruh qo‘lida, shuningdek, Portugaliya giganti bo‘lmish "Sporting Braga"ning katta miqdordagi aksiyalari mavjud. Guruh a’zosi bo‘lgan "PSJ" direktori Nosir Al-Xelayfi Ispaniya segundasi vakili "Malaga"ni ham sotib olishni rejalashtirayotgani aytiladi. Malagaliklar 2010 yildan beri qatarliklar tomonidan jazorat qilinib keladi. Ammo tez orada katta sarmoya orqali jamoani La-ligaga qaytarish niyat qilingan. Bu harakatlar orqali Fors ko‘rfazi boylari "MYU", "Braga" va "PSJ"ni bog‘lagan holda yirik tarmoq tuzishni niyat qilgan. Agarda shunday bo‘lsa, ushbu klublar guruhi "City Football Group" bilan raqobatchiga aylanadi. Bilasiz, bu guruh o‘z ichida "Manchester Siti", "Nyu York Siti", "Melburn Siti" hamda "Mumbay Siti" klublarini birlashtiradi.
Ayni damda nishondagi klub bo‘lgan "Braga" Portugaliya chempionatida 3- o‘rinni egallab turibdi. Bu esa jamoani keyingi mavsumning YECHL musobaqasiga elitishi mumkin. "MYU" va "PSJ" kelajakda "Braga" bilan o‘ynay olmasligi aytiladi. Negaki, UYEFA bir tashkilot yoki inson tomonidan boshqariladigan klublar bir-biriga qarshi maydonda o‘ynmaslik qoidasini joriy etgan. Ammo Yevropa futboli rahbari Aleksandr Sheferin yaqindagina bu kabi qoidalarni o‘zgarishiga ishora qildi. U shunday deydi:
"O‘ylashimcha, ko‘plab klublarga egalik qiladigan tashkilotlar haqidagi qoidani kelajakda ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Negaki, odamlar o‘zgarishlar tarafdori. Qoidalar qat’iy bo‘lishi kerak. Ammo ayrimlarini qayta ko‘rib chiqishga muhtojmiz. Bu voqealar yaqin kelajakda juda tez sodir bo‘ladi".
ISMATOV J.