Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Real" VAR tizimi ishiga o‘zgartirish kiritish niyatida

"Real" VAR tizimi ishiga o‘zgartirish kiritish niyatida

Baho:
+ | -

"Real" La Ligada videohakamlar ishiga o‘zgartirish kiritish niyatida. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

"Real" bu tizim nomukammal va ko‘pincha klubga qarshi ishlaydi, deb hisoblaydi, bu yaqinda bo‘lib o‘tgan "El Klasiko"da tasdiqlangan. Klubning maqsadi tizimni o‘zgartirish bo‘lib, "qaymoqranglilar" o‘z telekanallari va Ispaniya OAVlarida bu mavzuni ko‘tarishda davom etishadi.

Shuningdek, "Real" joriy mavsumda klubga qarshi yo‘l qo‘yilgan xatolar tasodifiy emasligini va videohakamlarga tashqi ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda. Klub VAR bo‘yicha mas’ul shaxslar o‘zgarishini ta’minlash niyatida. Ma’lum qilinishicha, yaqin kelajakda videotakrorlar tizimi ishini o‘zgartirish rejalashtirilmagan, faqat ofsaydni yarim avtomatik aniqlashni joriy etish bundan mustasno.

 

Kiritildi: 16:05, 02.04.2023.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик