Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Rasman! Frenk Lempard yana «Chelsi» bosh murabbiyiga aylandi

Rasman! Frenk Lempard yana «Chelsi» bosh murabbiyiga aylandi

Baho:
+ | -

Angliyalik mutaxassis Frenk Lempard Londonning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida “aristokratlar” rasmiy sayti ma’lum qildi.

Lempard “Chelsi”da yaqinda iste’foga chiqarilgan Grem Potter o‘rnini egalladi. Frenk mavsum oxiriga qadar jamoa murabbiyi sifatida ishlaydi. Shuningdek, Eshli Koul, Jo Edvards va Kris Jonslar murabbiylar shtabidan joy oladi.

Qayd etib o‘tish joiz, londonliklarni joriy mavsum uchinchi murabbiy boshqarib boradi. 2022/23 yilgi mavsum boshida Tomas Tuxel jamoa murabbiyi bo‘lgan bo‘lsa, uning o‘rnini sentyabr oyida Potter egalladi. Oradan 7 oy o‘tib, Frenk Lempard “Chelsi” boshqaruviga keldi.

Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard faoliyatida ikkinchi bor “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida ishlaydi. Bunga qadar 44 yoshli murabbiy 2019 yildan 2021 yilga qadar “aristokratlar” murabbiyi bo‘lgan.

Angliyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida 2001 yildan 2014 yilga qadar “aristokratlar” safida to‘p surgan. U London klubi tarkibida umumiy hisobda 648 ta uchrashuv o‘tkazib, 211 ta gol urgandi va klub tarixida eng yaxshi to‘purarga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:51, 06.04.2023.
O'qildi: 2877 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик