Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Milan" Zlatan bilan shartnomani uzaytirmaydi

"Milan" Zlatan bilan shartnomani uzaytirmaydi

Baho:
+ | -

Italiyaning “Milan” klubi shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

41 yoshli Ibrahimovich bu mavsumda milanliklar safida bor yo‘g‘i to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, chunki u avvalroq jarohat olgan edi. Hujumchi bor-yo‘g‘i 144 daqiqani maydonda o‘tkazib, bir gol urdi.

Ibrahimovich “Milan”da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchi “rossoneri”ga 2022 yilda Italiya chempionatining oltin medallarini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Shvesiyalik hujumchining Milan klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Ibrahimovich “Milan”ni tark etsa, professional futbolchilik faoliyatini davom ettiradimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Kiritildi: 15:20, 07.04.2023.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик