Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Kapadze: “Olimpik” mavsum so‘ngida kerakli o‘rinda bo‘lishiga ishonaman"

Kapadze: “Olimpik” mavsum so‘ngida kerakli o‘rinda bo‘lishiga ishonaman"

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Olimpik” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon” turnir jadvalidagi vaziyatdan kelib chiqib, bugun bor kuchi bilan harakat qilishini bilar edik, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsakda, muhim g‘alabaga erishdik, deb ayta olaman.

Ikkinchi golni kiritganimizda, o‘yin so‘nggida bu darajada qiynalmas edik. 1:0 qaltis hisob sanaladi. Mezbonlar bugun standart vaziyatlarda kuchli bosim uyushtirishdi va qaysidir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirishi ham mumkin edi. Hujumchilarga e’tirozlar bor, albatta. Lekin biz ham uch turdan buyon g‘alaba qozona olmayotgan edik va bosim bizda ham mavjud edi. Vaziyatlar yaratishda oqsayotganimiz hujumchilarga ham ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Umid qilamanki, bugungi g‘alaba ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tgan uch turda ochko yo‘qotgan bo‘lsakda, o‘yin jihatdan hech birida mag‘lub bo‘lmadik. Faqatgina, kichik epizodlar barchasini hal qilib ketdi. Asosiy vazifamiz jamoaviy o‘yinni shakllantirib, taktikalarni sinovdan o‘tkazib olishdan iborat. Qolaversa, raqiblar ham bizga qarshi uchrashuvlarga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Andijon” o‘tgan tur qattiq himoyalandi. Bu bizga qiyinchilik tug‘dirayotgani rost, ammo boshqa jihatdan foydali ham bo‘lmoqda. Ertaga aynan shunday jamoa bilan to‘qnash kelsak, nisbatan yaxshiroq harakat qilamiz. Biz o‘yindan o‘yinga qo‘shib boramiz va mag‘lubiyatlar bo‘lib turgan bo‘lsada, bundan sira havotirda emasman. Mavsum so‘nggida kerakli o‘rinda bo‘lishimizga aminman.

“Turon”ning har bir chizig‘ida yaxshi futbolchilar ko‘p. Jamoa ichidagi ruhiy holatdan xabarim yo‘q, ammo, bu vaziyatdan chiqib keta olishsa, mavsumni 6-8-o‘rinda yakunlay olishiga potensiali etadi. Albatta, barchasini vaqt ko‘rsatadi”, – dedi Kapadze.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:36, 07.04.2023.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.