Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Mateo Kovachich "Chelsi"ning ahvoli va kelajagi haqida: "Biz aybdor edik; "Chelsi" YECHLda g‘olib bo‘la oladi"

Mateo Kovachich "Chelsi"ning ahvoli va kelajagi haqida: "Biz aybdor edik; "Chelsi" YECHLda g‘olib bo‘la oladi"

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi a’zosi Mateo Kovachich Grem Potterning iste’fosiga jamoa futbolchilari aybdor ekanini bildirdi. Potter "Aston Villa"ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin ishdan bo‘shatilgan edi. Ayni damda "Chelsi" APL jadvalining ikkinchi qismiga tushib ketgan. Jamoaga transferlar oynasida sarflangan 600 million funt ham yordam bera olmadi. Biroq, Kovachichga ko‘ra Potter fojiasida jamoa futbolchilarining ham aybi bor. U bu haqida Sky Sports'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz o‘z vijdonimizni uyg‘tishimiz kerak. Oxirida 30 futbolchidan ko‘ra, bitta murabbiyni jamoadan haydash osonroq. Ammo vaziyatni yaxshilash, Potterdan ko‘ra bizning qo‘limizda edi. Aynan biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Biz Potterga shu yerda bo‘lib, bizni qiyin vaziyatlarda qo‘llagani uchun rahmat aytishimiz lozim. O‘zgarishlar ko‘p bo‘lgani uchun futbolchilarga ham, murabbiylarga ham oson bo‘lgani yo‘q".
Potterning yordamchi murabbiyi Bruno Saltor "Chelsi"ni "Liverpul"ga qarshi nursiz durangda boshqarib turgan edi. Ammo payshanba kuni "Chelsi"ga Frenk Lempard vaqtinchalik maqomida olib kelindi. U 2021 yilning yanvar oyida ishdan bo‘shatilgan edi. Ayni damda "aristokratlar" jadvalning 11 pog‘onasidan joy olgan va jamoani yevrokuboklardan 11 ochko ajrarib turibdi. Shunga qaramay, jamoa hali ham YECHLda o‘z ishtirokini davomi ettirmoqda va chorak finalda "Real"ga qarshi maydonga tushishi kerak. Shunday vaziyatda Kovachich sheriklarini Lempard atrofida birlashishga va uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Biz uni bilamiz. O‘tmishda Lempard bizga ustozlik qilgan. Uning qaytishi ijobiy holat deb o‘ylayman. U endilikda yomon kechayotgan mavsumimizni baholiqudrat o‘zgartirishga harakat qiladi. Lempard va futbolchilar bilan uchrashuv bo‘ldi. U bizga o‘zining maqsadlarini tushuntirib berdi. Bizda hali ham imkoniyat bor va jadvalda iloji boricha yuqoriroqqa intilamiz. Aytishim kerakki, "Real" bilan oldinda bizni ikkita muhim bahs kutib turibdi. Bizda mavsumni yaxshi tugatishga hali imkon bor. Biz ushbu tarkib bilan YECHLni yutishga qodirmiz. Bu yo‘lda faqatgina Lempardga quloq tutishimiz lozim. U "Chelsi"ga aniq va puxta rejalar bilan qaytib keldi. Hali uning kelganiga ko‘p bo‘lmadi. Shunday ekan, bizdan talab qilinayotgan narsalarni hali bilmaymiz. Hozirdan kelajak haqida biror nima deyish mushkul ish, ammo Lempard qaytdi va biz jamoa uchun hamma narsaga tayyormiz".

Frenk Lempardning ilk o‘yini "Vulverxempton Uonderers"ga qarshi mehmonda kechadi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng, jamoa Ispaniyaga, "Real" maydoniga, YECHL chorak final o‘yini uchun yo‘l oladi. Javob bahsidan avval "aristokratlar" 15 aprel kuni "Brayton" bilan to‘qnash keladi. Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" va "Vulvz" o‘rtasidagi uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:47, 08.04.2023.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.