Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari: ular bir jamoada qanday ko‘rinish hosil qiladi?

APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari: ular bir jamoada qanday ko‘rinish hosil qiladi?

Baho:
+ | -

APLning eng ko‘p moashga ega futbolchilari "Manchester Siti", "MYU", "Liverpul" hamda "Chelsi" vakillaridan iborat. Garchand turnir jadvalini boshqarayotgan bo‘lsada, "Arsenal"ning birorta futbolchisi kuchli o‘n birlikka kirmaydi. Quyida ulardan tuzilgan ramziy terma jamoa e’tiboringizga havola etiladi.

Darvozabon: David De Xea (375 ming)

32 yoshli futbolchi 11 yildan beri bir jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. De Xea "MYU" bilan 2019 yilda so‘nggi bor shartnomani yangilagan edi. Bu esa uni Yevropadagi eng yaxshi maoshga ega darvozabonga aylantirdi. Vaqtida u maosh borasida APLda ham tengsiz bӯlgan. Haftasiga 375 ming funt maosh oladigan darvozabon, Angliyada ikkinchi o‘rinni egallaydi. De Xea yozda erkin agentga aylanadi.

O‘ng qanot himoya: Ris Jeyms (250 ming)

Ro‘yxatdagi yagona akademiya a’zosi Jeyms sanaladi. U "Chelsi"da APL va dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi. Jeyms Uoker, Aleksander-Arnold, Ben Uayt va Kiran Trippyerlardan ko‘p maoshga ega. 23 yoshli himoyachiga haftasiga 250 ming funt to‘lanadi.

Chap qanot himoya: Ben Chilvell (190 ming)

Aslida bu tomonda Joau Kanselu bo‘lishi kerak edi. Ammo u hozir "Bavariya"da o‘ynamoqda. Shu sababdan ikkinchi o‘rindagi Chilvellni e’tirof etishga majburmiz. U har hafta 190 ming funt maosh olib ishlaydi. Uning amaldagi bitimi 2020 yilda imzolagangan edi.

Markaziy himoyachi: Rafael Varan (340 ming)

"Manchester Yunayted"ning APLda boshqa jamoalardan ajratib turadigan bir jixati bor. U ham bo‘lsa "qizil iblislar" tarkibidagi futbolchilarga ko‘p maosh to‘lashidir. Varan shunday futbolchilardan biri. U 2021 yilda "Real"dan sotib olingan edi. Fransuz futbolchisi "MYU" 2025 yilga qadar bitim tuzgan. Unga ko‘ra, Varan har hafta 340 ming funt olishi belgilangan.

Markaziy himoyachi: Kalidu Kulibali (295 ming)

Ryudiger va Kristensenni yo‘qotgach, himoyachi sotib olish zarurati tug‘iladi. Shu sababdan Todd Boeli "Napoli"ga yuzlandi. 31 yoshli Kulibali o‘tgan yozda 33 million funtga xarid qilinib, u bilan haftalik, 295 ming funtni ko‘zda tutuvchi 4 yillik shartnoma tuziladi.

Yarim himoyachi: Kazemiro (300 ming)

Varan kabi, Kazemiro ham "Real"da nimalarga qodir ekanini isbotlagandi. 30 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yozda "MYU"ga keldi. Erik ten Xag jamoasi u bilan yanada kuchayadi. Ayni damda usiz jamoa ancha qiynalib qolishi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Braziliyalik futbolchi o‘z xizmatlari uchun Manchesterda 300 ming funt maosh olmoqda.

Yarim himoyachi: Tiago Alkantara (200 ming)

Bu o‘rinda Kante, Fernandesh va Rodri kabi nomzodlar bor edi. Ammo Tiago eng yaxshisi sifatida tanlandi. U "Liverpul"da 200 ming funt maosh olmoqda va bu borada Angliyada 26 o‘rinda turadi.

Hujumkor y/h: Kevin De Bryuyne (400 ming)

De Bryuyne APLda eng yaxshi haq to‘lanadigan futbolchiga aylandi. Bunga asosiy sabab Krishtianu Ronalduning ligadan ketgani edi. Belgiyalik Angliyada so‘nggi 5 ta yilning 4 tasini chempionlik bilan tugatgan edi. Kevin Pep Gvardiola qo‘l-ostida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchidir. 31 yoshli jamoa sardori 2025 yilga qadar "shaharliklar" safida bo‘ladi.

O‘ng qanot hujum: Muhammad Saloh (350 ming)

30 yoshli hujumchi Angliyada eng yaxshi haq to‘lanadigan oltinchi futbolchidir. Saloh besh yillik APLdagi faoliyatida jami 150 ta gol urishga erishgan. Uning hisobida joriy mavsum 23 ta gol va 11 ta assist bor. Shunday ekan, u ishlab topayotgan puliga loyiq futbolchidir.

Chap qanot hujum: Jeydon Sancho (350 ming)

Angliyadagi ishlar Sancho uchun yaxshi ketmayapti. 22 yoshli hujumchi 2021 yilda jamoaga kelgan edi. Ammo "MYU" undan yetarli darajada foydalana olgani yo‘q. Shunga qaramay, futbolchi har hafta 350 ming funt maosh olmoqda. Sanchoning xaridi mankunianliklar uchun 73 million funtga tushgan edi. Erik ten Xag esa unga to‘liq ishonch bildirmadi.

Hujumchi: Erling Xoland (375 ming)

51 million funt dunyoning ayni paytdagi eng kuchli hujumchisi uchun o‘ta arzon narxdir. Ammo uning o‘zi arzon-garovga kelmadi. Xoland "Manchester Siti" safida haftasiga 375 ming funt maosh bilan ta’minlangan. Aytish kerakki, norvegiyalik futbolchi APLdagi eng yaxshi maoshga ega to‘qqizinchi raqam egasidir. Saloh singari, u ham o‘z pulini oqlamoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:33, 11.04.2023.
O'qildi: 2775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.