Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Jamshid Iskanderov: «Navbahor»da o‘ynash o‘zimga ham ma’qul keldi»

Jamshid Iskanderov: «Navbahor»da o‘ynash o‘zimga ham ma’qul keldi»

Baho:
+ | -

O‘zining avvalgi shonli davrlariga qaytishni maqsad qilgan Namanganning «Navbahor» jamoasi bu maqsad yo‘lida yaxshigina izlanish va islohotlarni amalga oshirmoqda.

Jamoa joriy yil avvalida tarkibni sezilarli ravishda kuchaytirish barobarida o‘tgan mavsumdagi yetakchilarni ham o‘z safida ushlab qola oldi. Ulardan biri Jamshid Iskanderovdir. Biz o‘tgan haftada «Navbahor» qarorgohiga tashrif buyurib Iskanderovni suhbatga tortdik.

- Sizni yana bir bor muborak mohi Ramazon oyi bilan tabriklaymiz. Savollarimizga javob berishdan oldin ushbu mavsum startidan olayotgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Tabrik uchun rahmat, o‘z o‘rnida men ham butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. Taassurotlarga keladigan bo‘lsak, mavsumni ko‘tarinki kayfiyat va o‘ziga xos his-hayajon bilan boshlab oldik. Dastlabki turlar o‘z maydonimizda o‘tkazilganligi judayam yaxshi bo‘ldi. Chunki, bizda ajoyib va jonkuyar muxlislar borki, ularni ko‘z o‘ngida chiroyli g‘alabalarga erishib mavsumga yuqori kayfiyatda kirishmoqchi edik. Shukrki buni uddaladik. Endi buyog‘iga ham qo‘ldan kelganicha shu muxlislar uchun chiroyli o‘yinlar hamda yaxshi natijalar qayd etishga intilamiz.

- Turnir jadvalida «Bun­yodkor» va «Neftchi» peshqadamlik qilishmoqda. Joriy yilgi mavsum shu ko‘rinishda start olishini kutganmidingiz?

- Albatta, axir bu Superligaku. Bu turnirda barcha jamoalar munosib ishtirok etish uchun o‘ziga yarasha tayyorgarlik ko‘rishadi. Siz aytib o‘tgan jamoalar mavsum davomida ham yetakchilar qatoridagi o‘rnilarini saqlab qolishadimi yoki yo‘qmi hozirdan bir nima deyish qiyin. Ammo shuni aytishim mumkinki, har bir jamoa bo‘lajak o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, maksimal kuch bilan maydonga tushmoqda.

- Yaxshi bilasiz, «Navbahor» muxlislari hali hamon chempionlik orzusi bilan yashashmoqda. Bu yilgi mavsumda ularga g‘oliblikni tuhfa etish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Chempionat endigina start oldi va oldindan aniq bir nima deyishga shoshilmagan bo‘lardim. Oldimizga qo‘yilgan maqsad yo‘lida o‘z maydonimizdagi o‘yinmi, yoki safar uchrashuvlari bo‘ladimi faqat g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushamiz. Qo‘ldan kelganicha maksimal darajada ochko jamg‘arishga harakat qilamiz.

- Jamoangiz mavsum avvalidagi ketma-ket ikkita yirik g‘alabadan keyin qatorasiga ikki bor mag‘lubiyatga uchragan «Paxtakor» mehmoni bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi hamda nimaning evaziga imkoniyat boy berildi, deb o‘ylaysiz?

- Yaxshi bilasiz, «Paxtakor»-«Navbahor» qarama-qarshiligi doimo shiddatli va murosasiz ruhda o‘tib kelgan. Bu uchrashuvlar bir-biriga munosib har ikki jamoa uchun ham og‘ir o‘yinlar sirasiga kiradi. To‘g‘risini aytganda, muxlislar bizdan bu safar ham g‘alaba kutishayotgan edi. Afsuski, alamli mag‘lubiyatga uchradik. Nima ham deymiz, bu futbol unda kimdir g‘alaba qozonadi, kimdir imkoniyatni boy beradi. Agar o‘sha kuni o‘yin so‘nggidagi penaltidan foydalana olganimizda balki o‘yin durang natija bilan yakunlanarmidi... G‘alabaga nima yetishmadi? Birinchi navbatda tezkor gol o‘yinimizga o‘z tasirini o‘tkazgan bo‘lsa, keyinchalik ayrim chiziqlarda ustunlikni raqibga topshirib qo‘ydik. Shu sababli o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmadik.

- O‘tgan yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning «Eng yaxshi futbolchisi» nominasiasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdingiz. Bunday futbolchilarga xorijdan ham yaxshigina takliflar bo‘lishi tabiiy...

- To‘g‘risini aytsam, bunday e’tirof o‘zim uchun ham, jamoamizdagilar uchun ham yoqimli bo‘ldi. Bu ham bir yutuq, men esa buni jamoamizning yutug‘i deb bilaman. Biz birgalikda harakat qilib, shunday e’tirofga erishdik. Takliflarga keladigan bo‘lsak, yashirmayman ayrim jamoalardan taliflar bo‘ldi. Lekin, «Navbahor» rahbariyati va murabbiylari bilan kelisha olganimiz hamda o‘zimga ham «lochinlar» safida to‘p surish ma’qul kelganligi tufayli jamoada qoldim. Bu yerda Xudoga shukur, kam bo‘lmadim.

- Salohiyatingizdan kelib chiqqan holda Janubiy Koreyadagi faoliyatingiz uzoq yillar davom etishini taxmin qilgan edik. Ammo vaziyat ko‘pchilik kutganidek bo‘lib chiqmadi. Buning sabablari haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz?

- Janubiy Koreyadagi faoliyatim yomon o‘tmadi, deb hisoblayman. U yerda ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma asosida to‘p surdim. O‘ylashimcha, o‘zimni ko‘rsata oldim. O‘ziga yarasha qiyinchiliklar ham bo‘ldi, yaxshi o‘yinlar ham o‘tkazdik. Ortga qaytishimga esa oilaviy sharoit hamda shartnomam yakunlanganligi sabab bo‘ldi. Aslida yangi shartnoma taklif qilishgandi, ammo yuqorida aytib o‘tganimdek oilaviy sharoit tufayli O‘zbekistonga qaytib keldim. Nazarimda, Koreyada o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsata oldim va ulardan ham ko‘p narsa o‘rgandim.

- O‘tgan yilgi mazmunli faoliyatingiz natijasida yana milliy terma jamoamizdan chaqiruv oldingiz va albatta, Srechko Katanesning bo‘y-bastingiz borasidagi fikrlarini yo‘qqa chiqara oldingiz. Bundan esa barchamiz birdek xursandmiz...

- Bundan albatta, o‘zim ham nihoyatda xursandman. Chunki anchadan buyon terma jamoadan chaqiruv olmayotgandim. Ochig‘i, kamina qatori har bir futbolchi terma jamoamiz tarkibida to‘p surishni maqsad qiladi. Taassurotlar ijobiy, bu galgi yig‘in doirasida ikkita yaxshi saviyadagi raqiblar bilan o‘yin o‘tkazib keldik. O‘ylaymanki, boshlanishiga yomon emas. Nasib qilsa terma jamoamizdan muntazam chaqiruv olishga va o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

- Oldinda turgan Osiyo kubogida terma jamoamiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ko‘rib turibmizki terma jamoa yaxshi shakllanmoqda. Oldinda turgan turnirda munosib qatnasha olamiz, deb o‘ylayman. Undan keyin esa JCH-2026 saralash bahslari boshlanadi. Bu siklda ham imkoniyatlarimizni yuqori baholayman.

- Sobiq futbolchi Sadriddin Abdullayev sizni mahoratingizga ta’rif berish jarayonida Jamshid nihoyatda aqilli futbolchi, degan edi. Sizningcha zamonaviy futbolda qay biri muhimroq - dribling, tezkorlik yoki aql bilan o‘ynash?

- O‘z davrida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri bo‘lgan Sadriddin akaning bunday ta’riflari men uchun yoqimli. Ochig‘i, o‘zimni bu darajada juda zo‘r futbolchiman, deb hisoblamayman. Maydonda qo‘ldan kelganicha bor mahoratimni ishga solishga harakat qilaman. Savolingizga kelsak, o‘yin davomida har kimda har xil holat yuzaga keladi. Kimgadir tezlik, kimgadir dribling, yana kimdir aql bilan o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. O‘zimga esa ortiqcha ta’rif bera olmayman, vaziyatdan to‘g‘ri qaror orqali chiqib ketish uchun imkon qadar harakat qilaman.

- Faoliyatingiz davomida siz bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiyni ayta olasizmi?

- Men uchun Samvel Babayan eng yaxshisi. Sababi, bu murabbiy har bir kichik detalni ham bee’tibor qoldirmay unga mas’uliyat bilan yondashadi, xato qilmaslikka harakat qiladi. Birgina vaziyatni o‘n martalab tahlil qilishi, tirishqoqligi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi tahsinga loyiq.

- Sizning pozisiyangizdagi futbolchilar mehnati asosan oldingi chiziq vakillarining ishonchli o‘ynashi orqali ko‘zga ko‘rinadi. Faoliyatingiz mobaynida siz bilan birgalikda samarali o‘yinlar o‘tkazgan hujumchini ayta olasizmi?

- To‘g‘risi, bu haqda juda ko‘plab futbolchilarni aytishim mumkin. Ko‘proq o‘ynaganim esa Igor Sergeev. U bilan akademiyadan boshlab birga shug‘ullanib, o‘ynab kelganmiz. Keyingisi Anvar Soliyev. U kishining yoshlari mendan ancha katta bo‘lsada birgalikda o‘ynab ko‘plab yaxshi natijalarga erishdik. Shu o‘rinda hujumchi bo‘lmasada Jaloliddin Masharipovni ham e’tirof etgan bo‘lardim. U bilan «Paxtakor»da bir-birimizni judayam yaxshi tushunib o‘ynardik, qanotlarda yaxshi ochilishi evaziga ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratardik. Jamoadoshim Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan ham oldinlari birgalikda samarali faoliyat olib borganmiz. Endisi esa mana yurtimizning ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri Shohruz Norxonov bilan birgalikda o‘ynash imkoniyati mavjud. U bilan ham samarali o‘yinlar o‘tkazishga urinib ko‘ramiz.

- Superliga jamoalarining joriy yilgi tarkibiga nazar solgan holda aytadigan bo‘lsak, eng yaxshi yarim himoya chizig‘i «Navbahor»ga tegishli bo‘lib turibdi. Bu borada siz qanday fikrdasiz?

- Albatta, bu yil jamoa yarim himoya chizig‘ida kuchli ijrochilar jamlandi. Nasib qilsa barchamiz birgalikda harakat qilib muxlislarimizga yaxshi natijalar taqdim qilamiz. Ishqibozlar hamda futbol jamoatchiligi bejizga bizning yarim himoya chizig‘ini O‘zbekistondagi eng kuchlisi deb e’tirof qilishmayapti. Biz buni amalda ko‘rsatishga intilamiz.

- O‘tgan yilgi mavsumda «Navbahor» o‘yinini qurishda siz va Jamshid Boltaboyevning hissangiz katta bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda markazdagi Jamshidlar tandemi yomon chiqmadi...

- O‘tgan yilgi mavsumda ham jamoadagi har bir futbolchi o‘ziga yarasha mahoratga ega kuchli futbolchilar edi. Ular bilan birgalikda ajoyib natijalarni ko‘lga kiritdik. Jamshid haqiqatdan ham kuchli futbolchi va o‘tgan yili o‘zini judayam yaxshi ko‘rsatdi. Jamoa uchun katta mehnat qildi, ko‘p o‘yinlarda foydasi tegdi.

BLIS SAVOLLAR:

- Messi yoki Ronaldu?

- Messi.

- «Real Madrid» yoki «Barselona»?

- «Barselona».

- APL yoki La Liga?

- APL.

- Toshkent yoki Urganch?

- Urganch.

- Internet, televideniya yoki gazeta?

- (o‘ylanib) Internet.

- Pul yoki karyera?

- Keryera yaxshi bo‘lsa pul o‘zi keladi.

- Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA?

- Saudiya Arabistoni.

- Faoliyatingizni yakunlagandan keyin yashash uchun qaysi davlatni tanlagan bo‘lardingiz, Janubiy Koreya yoki Yaponiya?

- O‘zbekiston.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:53, 13.04.2023.
O'qildi: 1798 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.