Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortgan 5 futbolchi

Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortgan 5 futbolchi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ga o‘tganidan so‘ng saudiyaliklar yana bir nechta futbol yulduzlarini olib kelishni istashmoqdi. Ammo hozircha Yaqin Sharq mamlakati top-futbolchilar bilan shartnoma imzolashda qiynalmoqda. Ular dahsjatli shartnomalarga qaramay, Osiyoga borishni istashmayapti. Bugun Saudiyaga borishdan bosh tortgan 5 futbolchi haqida gaplashamiz.

Lionel Messi, “PSJ” → “Al-Hilol”

Saudiya klubi “PSJ” hujumchisiga yiliga 400 million yevro maosh oladigan shartnoma taklif qilgan, biroq Messi rad javobini bergan. Jurnalist Herman Garsiya Grovaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, argentinalik futbolchi keyingi mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynamaydi. Lionel Yevropada qolishni kutmoqda: uning “Barselona”ga qaytishi yoki “PSJ” bilan yangi shartnomasi haqida gap ketyapti. Diario Sport xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” hujumchiga bir yillik shartnoma taklif qiladi. Afsonaviy futbolchining "Barselona"ga qaytishini bosh murabbiy Xavi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Serxio Ramos, “PSJ” → “An-Nasr” va “Al-Hilol”

Ispaniyalik futbolchi “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi, deb yozadi L'Equipe. Ramosning bu qarori Saudiya Arabistonida emas, balki Yevropada faoliyatini davom ettirishni kutayotgani bilan bog‘liq. Himoyachiga “An-Nasr” va “Al-Hilol” klublaridan qiziqishlar bor. Ikkinchisi, fransuz nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Serxioga yiliga 50 million yevrogacha maosh bilan shartnoma taklif qiladi (30 million yevro boshlang‘ich taklif). Hozir himoyachi “PSJ”da soliqlar bilan yiliga 10 million yevro maosh oladi. Shu bilan birga, parijliklar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar chog‘ida maoshlarni kamaytirishga harakat qilishadi.

Luka Modrich, “Real Madrid” → “An-Nasr”

Xorvatiyalik yarim himoyachi yanvar oyida “An-Nasr”ni rad etgandi. Modrich, Xorvatiya matbuotiga ko‘ra, faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi. Manbaga ko‘ra, Luka yiliga 40 million yevrodan ortiq maosh taklif qilinganiga qaramay, arab jamoasiga o‘tishdan bosh tortgan. Qayd etilishicha, yarim himoyachi “Real” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirib, keyin faoliyatini yakunlamoqchi.

Serxio Buskets, “Barselona” → “An-Nasr”

“An-Nasr” Busketsni olmoqchi edi, biroq futbolchi bunga rozi bo‘lmadi. Daily Mail xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga yiliga 20 million yevro maosh oladigan shartnoma taklif qilingan. Shu bilan birga, Serxio hali "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q. Bu esa uning Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tish varianti hali ham mumkinligini anglatadi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Buskets Yaqin Sharqdan yangi taklif olishni kutmoqda. Aftidan, ispaniyalik futbolchi yiliga 20 million yevrodan ko‘proq maosh olmoqchi.

Karim Benzema, “Real Madrid” → noma’lum klub

"Real Madrid" hujumchisi Saudiya Arabistoni taklifini jiddiy ko‘rib chiqdi, biroq ko‘p million dollarlik shartnoma Benzemani vasvasaga solmadi, u endi "Real Madrid"da yana kamida bir mavsum qolishga qaror qildi. Marca xabariga ko‘ra, madridliklar Saudiya Arabistoni bilan aloqalarini uzmagan fransuzga yangi shartnoma taklif qiladi. U yerda uning nomi bilan atalgan futbol akademiyasi ochiladi va “Real” hujumchisi bu loyihaga har tomonlama yordam beradi.

Kiritildi: 11:34, 15.04.2023.
O'qildi: 6748 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.