"Liverpul" tez orada yarim himoyachi uchun rasmiy taklif yuboradi. Xabarlarga ko‘ra, mersisayd klubi "Bavariya"ning Rayan Granvenberx sotuviga bo‘lgan munosabatini sinovdan o‘tkazmoqchi. Shu sababli niderlandiyalik yarim himoyachiga taklif bilan chiqadi.
Avvalroq "Bavariya" sobiq "Ayaks" futbolchisini sotuvga qo‘ymasligini bildirgan edi. Ammo 22 yoshli futbolchi yangi klubga o‘tishga tayyor. U doimiy o‘yin vaqtiga ega bo‘lishni istaydi.