Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Bavariya»: bir mavsumda shuncha omadsizlik...

«Bavariya»: bir mavsumda shuncha omadsizlik...

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning ishi butun tarixda bu qadar orqaga ketmagan bo‘lsa kerak.

 Myunxen klubi rahbariyati mart oyi oxirida bosh murabbiy Yulian Nagelsmannga javob berib, o‘rniga Tomas Tuxelni tayinladiyu, o‘zini o‘tga tashladi go‘yo. Har holda, «Bavariya» muxlislari bugungi rahbariyatning ishidan mutlaqo norozi. Bosh­qacha bo‘lishi ham mumkin emas. Axir jamoa qisqa vaqtda Germaniya kubogi va CHLda kurashdan chetga chiqdi, endi esa Bundesliga bosh sovrini - «Kumush lagan» ham qo‘ldan chiqadigandek...

Myunxenlik muxlislar CHL 1/4 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi javob o‘yini (1:1)da rahbariyatga bor e’tirozlarini to‘kib solishdi. Deylik, «Alyans Arena» tribunalaridan birida keskin matnli banner ko‘zga tashlandi: «Maqsadga erishmaslik mumkin, prinsiplarni yo‘qotish - yo‘q! Klub siyosati bo‘yicha savollar bor!» Yana bir banner to‘g‘ridan-to‘g‘ri klub sport direktori Hasan Salixamijich va bosh direktori Oliver Kanga ataldi: «Brazzo(Salixamijichning laqabi) va Kan — kechagi kun qahramonlari, bugungi mag‘lublar». Sobiq darvozabon o‘yindan keyin bunga munosabat o‘laroq, rahbariyat har doim savollarga javob berishga tayyorligini aytdi.

Ayrim manbalarda yozilishicha, Myunxen klubi CHLdan chiqib ketgani ta’sirida rahbariyat Kan bilan o‘rtadagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqida o‘ylay boshladi. Binobarin, Yulian Nagelsmanni iste’fosi va Tomas Tuxel tayinlovida eng katta rolni aynan Kan bajargandi. To‘g‘ri, Oliverning o‘zi ketishni xayoliga ham keltirayotgani yo‘q. 

«Yagona maqsadim - mavsumni chempionlik sovrini bilan yakunlash. Keyin, yangi mavsumda yana hujumga o‘tish», - dedi Kan «Mayns»ga qarshi navbatdagi omadsiz o‘yin (1:3)dan so‘ng.

U shuningdek, oxirgi natijalar murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlarga bog‘liq emasligini ta’kidlamoqda: 

«Qanday mavhumlik va ishonch­sizlik haqida gap ketyapti? Shunchaki, maydonda yetarlicha ishlamayapmiz. Futbolchilar bilan turli variantlarni qo‘llab ko‘rdik. Ma’lum vaqtda hamma mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak. Tomas Tuxel - muhokama markaziga tushishi mumkin bo‘lgan oxirgi odam. U jamoani harakatga solish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Yo‘q, tanqiddan qo‘rqmayman. Faoliyatim davomida ko‘p narsalarni boshdan o‘tkazganman. Hozirgi omadsizlikka qaramay, joriy mavsum Bundesligani yana chempion sifatida yakunlashimiz mumkin».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:30, 28.04.2023.
O'qildi: 1429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.