Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Qarama-qarshi qarashlar

Qarama-qarshi qarashlar

Baho:
+ | -

 Zamonaviy futbol olamidagi 3 daho murabbiyni sanab bering deyishsa, ular orasida Gvardiola va Anchelotti bo‘ladi. Chunki, ularning ko‘rsatayotgan o‘yini uslubi sifatli va murabbiylar nom jihatidan ham ko‘plab yulduz futbolchilardan ustun. Ular ikki qutb vakillari. Biri to‘pga haddian tashqari ko‘p egalik qilishni istasa, ikkinchisi aksincha. Ushbu shahslarning futbolga bo‘lgan qarashlari ham qarama-qarshi. Buni ular bergan intervyulardan anglab olish qiyin emas. 

 - to‘p sizda bo‘lsa-yu 3ta pas bilan gol urish imkoni bo‘lsa, nega buni qilish kerak emas. Karlo Anchelotti. 

 - Raqiblarni ko‘proq yugirishga majbur qilish va shu shu orqali 30ta pas bilan gol urish imkoni bo‘lsa, bu ajoyib futbol! Pep Gvardiola.

Ko‘rib turganingizdek, ularning fikrlari tubdan farq qiladi. Ushbu ikki mutaxassis ishlayotgan jamoalar UEFA Chempionlar ligasi yarim finalida bir-biriga raqib bo‘lishadi. Ho‘sh ular bu mavssum qanday o‘yin ko‘rsatmoqda va taktik farqlar haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz. 

 Himoyadan chiqish muammo emas 

Bu mavzu ikki jamoa uchun ham umumiy. Ushbu ikki klubning himoyadan to‘pni olib chiqishida muammolar deyarli kuzatilgani yo‘q. Ammo ikkisi ham ikki hil yo‘ldan foydalanmoqda. Gvardiola jamoasi o‘z uslubida to‘pni markazga yetkazish va mayda paslar orqali himoyadan pozision hujum yaratishni hush ko‘radi. Anchelottida esa aksincha, uning jamoasi hmoyadan to‘pni olib chiqishda maksimal darajada keng krosslarni amalga oshiradi va tezkor vingerlarni to‘p bilan imkon qadar tezroq taminlashga intiladi. Bunday holda Vinisius yoki Valverdening qiymati oshib ketadi. 

Turli qanot himoyasi 

 Gvardiola fevral oyida aktiv qanot himoyachilaridan voz kechdi va markazni ustuvor vazifa sifatida tanladi. Jamoa uchun bu yaxshi qaror bo‘ldi. Markaziy himoyaga moslangan 3 futbolchini o‘yinga qo‘yish va ulardan ikkisi o‘z vaqtida qanot himoyachisiga aylanishi tiki-taka uchun yaxshi revolusiya. Ake hamda akanji bu vazifani sidqidildan bajarmoqda. Ammo ko‘p narsa ularning jismoniy holatiga ham bog‘liq. Himoyalanishda Jon Stounz ortroqqa qaytib Ruben Diashga ko‘maklashmoqda. Umumiy 4ta markaziy ximoyaidan Gvardiola ajoyib foydalanmoqda. 

 Anchelottida esa klassik uslub 2 qanot himoyachisi aktiv hujumlarda ham ishtirok etadi va maksimal himoyaga qaytadi. Bunday holatda jismonan ko‘proq kuch talab etiladi. Ular pozision hujum va qarshi hujumlar yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. 

"Veyga" roli

 Gvardiola qattiq rejimdagi murabbiy bo‘lishiga qaramay yarim himoyada erkinlikni ta’minlashga ham intiladigan shaxs. Uning jamoasida "veyga" roli uchun mos futbolchilar ko‘p. Ulardan eng yaxshisi albatta Kevin de Bryuyne. Uning odatiy o‘yin uslubi bu pozisiyaga mos. Tiki-takada bunday futbolchi bo‘lishi jamoa kuchiga kuch qo‘shishi aniq. Shuningdek, kezi kelganda Bernardu Silva va Ilkay Gyundoganni ham ushbu pozisiyada ko‘rib turamiz. 

Anchelotti bu holatda ham juda oddiy va effektli o‘yinni tanlaydi. Nisbatn mexanizmga aydangan Kroos va Modrich maydonda kamroq hujum pozisiyasida paydo bo‘ladi va ularning asosiy vazifasi markazni mustahkamlash va xujumning boshlanish nuqtasi bo‘lish. Umuman olganda qarshi hujumni asosiy quroli qilgan jamoaga "veyga" futbolchi shart emas. 

O‘xshash shu bilan birga farqli tomonlari bor vingerlar 

"Manchester Siti" asosan qanot hujumida Jek Grilish va Riyad Mahrez/Bernardu Silvadan foydalanadi. Grilish bu mavsumda ancha yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. U to‘pni o‘zi bilan yaxshi olib yuradi. Kuchli texnikaga ega futbolchi. Ammo uning yutug‘i deya umuman boshqa jihatlari ko‘proq tilga olinadi. Birinchisi mustahkam kardio. Grilish bu mavsum o‘zining fizik holati bilan qadrlanmoqda. Odatda u 90 daqiqa yuqori tezlikdagi futbolni namoish etmoqda. Ikkinchisi pressinglarda juda faol ishlaydi hamda himoyaga yordam berishdan qochmaydi.

  Riyad Mahrez esa umuman boshqacharoq o‘yin ko‘rsatadi. Huddi "Real"dagi Rodrigo bilan o‘xshash vazifalarni bajaradi. Grilish bilan pozisiyasi bir xil bo‘lgan Vinisius ham bu mavsum yanada o‘sganini ta’kidlash kerak. Uning texnikasi va tezligi Jeknikidan ancha yaxshi shu sababli Karlo undan himoyalanishdan ko‘ra bo‘sh pozisiya topishi va portlovchi tezligi yordamida qarshi hujumlar yaratishini talab qiladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:40, 28.04.2023.
O'qildi: 2085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.