Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«MYU» muxlislari hali beri Gleyzerlardan qutila olmasligi mumkin

«MYU» muxlislari hali beri Gleyzerlardan qutila olmasligi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sotilishi bilan bog‘liq vaziyat yaqin vaqt ichida hal qilinishi kerak: bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan jarayonning finali shu juma oqshomiga belgilangan. Ta’kidlanishicha, soat 22:00 dan keyin boshqa arizalar va tahrirlar qabul qilinmaydi va Gleyzerlar oilasi o‘z qarorini keyingi haftada e’lon qilish uchun barcha qabul qilingan takliflarni baholay boshlaydi.

Klub uchun hali ikkita haqiqiy da’vogar bor, voqealar rivojlanishi uchun bir nechta ssenariylar mavjud. Lekin, avvalo, sotuv paytida nima bo‘lgani va «Yunayted» uchun kim kurashayotganini qisqacha eslaylik.

Noyabr oyida Gleyzerlar oilasi klubni yanada rivojlantirish uchun investorlarni jalb qilishdan tortib «Yunayted» aktivlarini to‘liq sotishgacha bo‘lgan «strategik variantlar»ni ko‘rib chiqishlarini e’lon qildi. Tanlov jarayonini ingliz klublari uchun investor topish tajribasiga ega bo‘lgan Rain Group investisiya banki o‘z zimmasiga oldi: o‘tgan bahorda Amerika kompaniyasi «Chelsi»ga yangi xo‘jayin qidirayotgan edi. Investision bank klub uchun 6 milliard funt sterlingdan 7 milliard funt sterlinggacha narx belgilab qo‘ydi, ammo ekspertlar «Manchester Yunayted»ga 4 milliard funt sterlingdan ortiq pul kelmasligini aytishdi. Aynan biznesmen Jim Retkliff gigant sport aktivlariga ega bo‘la turib, klubni sotib olish istagini birinchi bo‘lib e’lon qildi. Ikkinchi nomzod Qatar sobiq bosh vazirining o‘g‘li, Qatar Islom banki (QIB) raisi, Qatar shayxi Jassim bin Hamad Al Tani bo‘ldi. Amerikaning Elliott Management xedj fondi ikkinchi bosqichga qo‘shildi: ular har qanday manfaatdor tomonlarga, shu jumladan Gleyzerlarning o‘zlariga ham kredit berishga tayyor ekanliklarini aytishdi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Rain Group yaqinda savdo ishtirokchilariga xatlar jo‘natib, daromad manbalari to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek, har qanday qarzlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilgan.

Variantlar qanday? Birinchisi, 100% aksiyalarni sotish

Bu Qatar shayxining taklifi - u klubning 100% aksiyalarini 4,5 milliard funt sterlingga (~ 5,3 milliard dollar) sotib olmoqchi, shu bilan birga «Old Trafford» va mashg‘ulotlar maydonchasini rekonstruksiya qilishga sarmoya kiritishga va’da berdi. Klubning sof qarzi 535,7 million funtni tashkil qiladi. Jassim 5 milliard funt sterlingdan ko‘proq berishga tayyor emas, chunki byudjetga bog‘liq barcha bosimlar aksiyalarning qiymatidan tashqari sezilarli miqdorga aylanadi. Bundan tashqari, Jassim aksiyalarning faqat bir qismini sotib olishga tayyor emas - u klubning to‘liq egasi bo‘lish uchun 100% ulushni xohlaydi.

Ikkinchi variant - aksiyalarning asosiy qismini sotish, ammo Gleyzerlarning ta’sirini saqlab qolish!

Avvaliga Retkliff Gleyzerlarning 69% ulushini 4,3 milliard funt sterlingga (~ 5,1 milliard dollar) sotib olishni istagani haqida xabar berilgan edi. Biroq, keyinchalik britaniyalik milliarderning katta tashabbus bilan chiqqani barchani shoshirib qo‘ydi.

Amerikaliklar tomonidan taklif qilingan variantlardan biri britaniyalik milliarderning 50% dan ko‘proq ulushga ega bo‘lishi, ikkita Gleyzerning umumiy ulushi 20% ga yaqin bo‘lishi edi. Retkliff vakillari ma’lumotni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitim imzolanganiga asoslanib, izoh berishdan bosh tortdilar. Bu juda qiziq sxema bo‘lib, Gleyzerlarga klub ustidan nazoratni saqlab qolishga imkon beradi. 

Uchinchi variant - fondlarga murojaat qilish

Agar Gleyzerlarning so‘ragan 6 milliard funt yig‘ilmasa, ular klubda qolishga va ozchilik ulushni Amerikaning Elliott Management fondiga sotish orqali qo‘shimcha mablag‘ yig‘ishga qaror qilishlari mumkin. Gleyzerlar nihoyat «Old Trafford»ni tark etishini yillar davomida orzu qilgan «MYU» muxlislariga bu variant mos kelmasligi dargumon. Ular Retkliff variantini afzal ko‘rishadi.

Kiritildi: 10:19, 29.04.2023.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.